Oddiy va murakkab anorganik moddalar [info-referat]

Oddiy va murakkab anorganik moddalar [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Oddiy va murakkab anorganik moddalar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Anorganik moddalarning sinflanishi Oddiy moddalar. Anorganik moddalar ikkiga bo'linadi: oddiy moddalar va murakkab moddalar: Tarkibi faqat bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi.Oddiy moddalarga misol davriy jadvaldagi barcha elementlarni olish mumkin.Masalan: K, Na, Al, H2, O2, O3, N2, S8, P4, C(grafit, olmos) va boshqalar. Oddiy moddalar tarkibiga ko'ra bir atomli(He, Ne, Ar, Xe, Kr), ko'p atomli(H2, N2, O2, O3, P4, S8) bo'lishi mumkin. Oddiy moddalar ikkita guruhga bo'linadi: metallar va metallmaslar. Metall va metallmaslarni ajratish uchun 5 -element B dan 85-element At ga qarab diogonal o'tkazish kerak. Diogonalning pastida va diogonal ustidagi qo'shimcha guruhchalarda metallar joylashgan. Diogonal yuqorisidagi asosiy guruhchalarda bo'lsa metallmaslar keltirilgan(3-jadval). 3-jadval. Metallmaslarning davriy jadvalda joylanishi Metallmaslar odatdagi holatda gazsimon(N2, O2, H2, F2, Cl2 va inert gazlar), suyuq (Br2) va qattiq holda(qolgan barcha metallmaslar) uchraydi. Metallmaslar qattiq holda molekulyar yoki atom kristall panjaralar hosil qiladi. Metallar odatdagi sharoitda (simobdan tashqari) qattiq moddalardir. Ular metallik kristal panjaraga ega. Bir elementning bir necha oddiy modda hosil qilish xossasi allotropiya deyiladi. Allotropiya hodisasining sababi oddiy modda molekulasining tarkibidagi atomlar sonning turlicha bo'lishi yoki moddaning kristall tuzilishining turlicha ekanligidir. Masalan: O2 va O3 allotropik shakl o'zgarishlarga kiradi. Ular bir-biridan atomlar soni va molekula tuzilishi bilan farqlanadi. Uglerod uch xil allotropik shakl o'zgarishlarga ega. Uglerod olmos holatida(sp3giridlangan) fazoviy tuzilishli zanjir (tetraedrik) hosil qilgan.Uglerod grafit holatida qavat-qavat joylashgan.Har bir uglerod atomi qo'shni uchta atom bilan bog'langan. Uglerod karbin holatida oddiy yoki qo'sh bog'lar yordamida bog'langan. Murakkab moddalar molekulasining tarkibi har xil element atomlaridan tuzilgan. Masalan, KOH, H2SO4, H2O, HCl, Al2O3 va boshqalar. Barcha murakkab moddalar asosan to'rt sinfga bo'linadi: oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.99 KB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.99 KB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga