Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari Reja: 1.Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. 2.Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining turlari. 3.Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. Ko'pchilik kimyoviy reaksiyalarda reaksiyaga kirishuvchi moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasi (valentligi) reaksiya natijasida o'zgarmaydi. Boshqa turdagi reaksiyalarda elementlarning oksidlanish darajasi o'zgaradi. ; Elektronlarning bir atomdan ikkinchi atomga o'tishi natijasida elementlarning oksidlanish darajasi (valentligi) o'zgaradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi. Oddiy moddalarda atomlar elektroneytral bo'ladi. Shuning uchun ularning oksidlanish darajasi shartli ravishda nolga teng deb qabul qilingan. Neytral atomlar elektron yo'qotishi natijasida musbat zaryadlangan ionga aylanadi va nechta elektron bergan bo'lsa o'shancha musbat oksidlanish darajasi namoyon qiladi. Atomlarning elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi. Masalan: Al - oksidlanadi. Cu - oksidlanadi. Atomlar elektron biriktirib olsa manfiy zaryadlangan ionga aylanadi. Bunda atom nechta elektron qabul qilgan bo'lsa uning oksidlanish darajasi shuncha manfiy bo'ladi. Atomning elektron biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi. Masalan: Cl2 2e- 2Cl- (Cl - qaytariladi) S 2e- S-2 (S - qaytariladi) O'zidan elektron bergan atom qaytaruvchi, o'ziga elektron biriktirib olgan atom esa oksidlovchi hisoblanadi. Faqat neytral atomlar emas, balki ionlar ham elektron biriktishi yoki berishi mumkin. Fe3 e- Fe2 (qaytarilish) S-2 - 2e- S0 (oksidlanish) Qaytaruvchi elektron berganligi sababli, uning oksidlanish darajasi algebraik qiymati ortadi. Oksidlovchi elektron biriktirib olish tufayli uning oksidlanish darajasi algebraik qiymati kamayadi. Masalan: Pb0 2AgNO3 Pb(NO3)2 2Ag0 Pb0 - 2e- Pb2 (qaytaruvchi, o'zi oksidlanadi) 2Ag- 2e- 2Ag0 (oksidlovchi, o'zi qaytariladi) Demak, oksidlanish - qaytarilish reaksiyasi yagona jarayondir. Oksidlanish vaqtida qaytarilish sodir bo'ladi, aksincha qaytarilish vaqtida oksidlanish jarayoni ham boradi. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining turlari. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining quyidagi turlari ma'lum. 1.Molekulalararo (ionlararo) oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari. 2.Ichki molekulyar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. 3.Disproporsiyalanish reaksiyalari. Molekulalararo oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida oksidlovchi element bir modda tarkibida qaytaruvchi element boshqa modda tarkibida bo'ladi. Ni2O C2O Ni0 C4 O2 Ni2 2e- Ni0 (oksidlovchi, o'zi qaytariladi) C2 - 2e- C4 (qaytaruvchi, o'zi oksidlanadi) Ichki molekulyar oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari bir molekula tarkibiga kiruvchi turli elementlarning oksidlanish darajasi o'zgaradi. 2KCl 5O3-2 2KCl -1 3O20 2 Cl5 6e- 2Cl-1 (oksidlovchi, o'zi qaytariladi) 2O-2 - 4e- O20 (qaytaruvchi, o'zi oksidlanadi) Disproporsiyalanish reaksiyalaridan ham oksidlovchi ham qaytaruvchi vazifasini bir element atomlari bajaradi. 2HN3O2 HN5O3 N2O H2O N3- 2e- N5 (qaytaruvchi) N3 2e N2 (oksidlovchi) Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish. Oksidlanish-qaytarilsh reaksiyalarida elektronlar qaytaruvchidan oksidlovchiga o'tadi. Bunda qaytaruvchi bergan elektronlarning umumiy soni oksidlovchi qabul qilgan elektronlarning umumiy soniga hamma vaqt teng bo'ladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini tenglamalarini ikki usulda tuzish mumkin. Elektron balans usuli. Yarim reaksiyalar (ion elektron) usuli. 1-usul. Quyida oksidlanish-qaytarilish ...
![Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
178.56 KB
Ko'rishlar soni
380 marta
Ko'chirishlar soni
50 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
178.56 KB
Ko'rishlar soni
380 marta
Ko'chirishlar soni
50 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: docx