Oksidlar guruhi I - oddiy oksidlar: Kuprit - Cu2O Rutil - TiO2 Korund - Al2O3 Anataz - TiO2 Gematit - Fe2O3 Brukit - TiO2 Uraninit - UO2 Kassiterit - SnO2 Kvars - SiO2 Piroluzit - MnO2 Xalsedon - SiO2 Koesit - SiO2 Opal - SiO2· nH2O Stishovit - SiO2 II - murakkab oksidlar Ilmenit - FeTiO3 Ferberit - FeWO4 Xrizoberill - BeAl2O4 Gubnerit - MnWO4 Braunit - MnO · MnO3 Perovskit - CaTiO3 Shpinel - MgAl2O4 Kolumbit -(Fe,Mn)Nb2O6 Gercinit - FeAl2O4 Tantalit -(Fe,Mn)Ta2O6 Magnetit - FeO Fe2O3 Camarskit -(Y,yer)4[(Nb,Ta)2O7]3 Xromit - FeCr2O4 Suvli oksidlar Brusit - Mg(OH)2 Gessit - HFeO2 Gibbsit - Al(OH)3 Manganit - MnO2[OH]2 Diaspor - HAlO2 Lepidoxrokit-FeO(OH) Bu guruh minerallari-metall va metalloidlarning kislorod va gidroksidlar bilan qo'shilib hosil qiladigan eng oddiy birikmalarini o'z ichiga oladi. Keyingi ma'lumotlarga binoan kislorod bilan 40 dan ortiq kimyoviy element turli xil birikmalar hosil qiladi. Yer po'stida oksidli birikmalar og'irligi bo'yicha 17% tashkil qiladi, bulardan 12% ni kremniy oksidi (SiO2), 3,9% ni temir oksidi va gidrooksidi tashkil qiladi. Boshqa elementlardan; alyuminiy, titan, marganec, xrom, mis oksidlari va boshqalar katta o'rin tutadi. Atmosferada oksidlardan - karbonat angidrid (SO2) va suv bug'lari keng tarqalgan va ularning tarqalish chegarasi yer yuzasidan 12 km balanddan o'tadi. Gidrosferaning tarkibi va asosiy qismi suvdan iborat, ular tabiatda keng tarqalgan. Demak, yuqoridagilardan ma'lum bo'ldiki, tarkibi xilma-xil bo'lgan oksid, gidrooksidlarning maksimal miqdori Yer po'stining ustki qismlarida - erkin kislorodli atmosfera chegarasida joylashgan. Yer po'stining chuqur qismiga kislorodning kirib borishi yer osti suvining sathiga bog'liq. Yer po'stining ustki qismi turli tog' jinslari va ma'dan konlarining oksidlanish zonasi minerallarni qayta hosil qiluvchi kimyoviy reaksiyalar yuzaga keladigan maydon hisoblanadi. Ushbu oksidlanish maydonlarida yuzaga kelgan minerallar orasida metall oksidlari va gidrooksidlari muhim rol o'ynaydi. Oksidlanish zonasidagi ikkilamchi minerallarni paydo bo'lishida tarkibida karbonat angidrid bo'lgan yomg'ir suvlarining ahamiyati juda katta. Havoga to'yingan 1 litr yomg'ir suvida 25-30 sm3 gaz borligi aniqlangan. Bu gaz tarkibining 30% ni kislorod, 60% azot va 10% ga yaqinini karbonat angidrid tashkil etadi. Yomg'ir suvi Yerning chuqur qismiga borgan sari erkin kislorod sulfid va shunga o'xshash birikmalarni oksidlantirish uchun sarf bo'ladi. Tog' jinslari va ma'dan maydonlarida ishtirok etgan Fe+2 ,Mn+2, v3 tez oksidlanib, kislorodli birikmalar hosil qiladi. Oksidlanish zonalarida dastlab yuzaga kelgan tuzlar (sulfatlar, karbonatlar va boshqalar) ma'lum tezlikda suv bilan reaksiyaga kirib parchalanadi - gidrolizlanadi, natijada metallarning aksariyati suvda qiyin eriydigan gidrooksidlar holida ajraladi. Minerallarning fizik hossalari ularning strukturasi (tuzilishi) va tarkibiga bog'liq. Oksidlar strukturasining (kubik, geksagonal) asosida zichlashgan kislorod ...
![Oksidlar guruhi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
840.44 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
840.44 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx