Oltingugurt Oltingugurt(Sulfur). Tabiatda erkin holda uchraydi. Oltingugurtning Italiya, AQSh, Yaponiya, Rossiyada katta konlari bor. FeS - temir kolchedani; ZnS - rux aldamasi; РbS - qo'rg'oshin yaltirog'i; Вi2S3 - vismut yaltirog'i; СаSO4 2H2O - gips; ВаSO4; MgSO4 7H2O; Na2SO4 10H2O glauber tuzi ko'rinishida birikmalar holida uchraydi. Oltingugurt neft, toshko'mir, o'simlik va hayvonlar tarkibida bo'ladi. Oltingugurtning bir qancha allotropik shakl o'zgarishlari bor.Odatdagi sharoitda mo'rt sariq rangli kristallar hosil qilib, 112,8oS da suyuqlanadi, =2,07 gsm3. Suvda erimaydi, lekin CS2, benzolda eriydi. Rombik oltingugurt. 95,6оS dan past haroratda barqaror. U oktaedrik romb holida kristallanadi. Monoklinik yoki prizmatik oltingugurt. 95,6оS dan yuqori haroratda uzun ignasimon kristallar holida bo'ladi. 119oS da oltingugurt suyuqlanadi. 160оSda jigarrangga kiradi, 250оS dan oshganda uning qovushqoqligi kamayadi. 400оS da harakatchan, 446,6оS da qaynatdi. Agar oltingugurt kuchli qizdirib, keyin birdan sovutilsa, idishning tubida jigar-sariq yumshoq oltingugurt hosil bo'ladi, u kauchukka o'xshab cho'ziladi. Shunday oltingugurt plastik oltingugurt deyiladi. Plastik oltingugurtning amorf shakl o'zgarishi hisoblanadi. Oltingugurt past haroratda S8 holida bo'ladi. Harorat oshirilsa uning molekulyar massasi kamayadi. Oltingugurt bug'larida S8, S6,(500oS), 100oS da S2 va 200S da S holida bo'ladi. S8 molekulasi toj shakliga o'xshash ko'rinishda bo'ladi: Tabiiy izotopda massa sonlari: 1632S (95,02%), 1633S (0,75%), 1634S (0,02%). Olinish usullari. Amerikada Frank usuli qo'llaniladi. 170оS qizdirilgan suvni truba orqali oltingugurtga beriladi. Oltingugurtga tekkan issiq suv uni suyuqlantiradi va siqilgan havo bilan yer yuzasiga chiqaziladi. Oltingugurt rudalarida yoqib, qizdirib ajratiladi. Olingan oltingugurt haydaladi. FеАsS2 + FеS + S + As Oltingugurtni gazlardan olish uchun Н2S va SO2 ni yuqori haroratda katalizator ishtirokida o'tkaziladi. 2Н2S + SO2 3S + 2H2O Oltingugurt sulfatlarga uglerod ta'sir ettitilganda ham hosil bo'ladi: CaSO4 + 4C = 4CO + CaS Agar sulfidlar gidrolizlansa, ulardan H2S olinib, so'ngra ularni yonishidan oltingugurt olinadi: CaS + H2O + CO2 = H2S + CaCO3 2H2S + O2 = 2S + 2H2O Tibbiyot maqsadlari uchun kerak bo'ladigan oltingugurt natriy tiosulfatdan olinadi: Na2S2O3 + H2SO4 = H2S2O3 + Na2SO4 H2S2O3 = H2O + SO2 + S Oltingugurtdan СS2, qora porox, gugurt, oltingugurtli bo'yoqlar, iprit, sulfat kislota va boshqalar olinadi. Kimyoviy xossalari. Kuchli oksidlovchilar bilan, o'zining elektronlarini berib qaytaruvchanlik xossasini namoyon qiladi. S + O2 = SO2 S + 3F2 = SF6 S + 6HNO3 = H2SO4 + 6NO2 + 2HOH Qaytaruvchilar bilan oltingugurt oksidlovchi bo'ladi: Zn + S = ZnS 3S + 6KOH = K2SO3 + 2K2S + 3HOH H2 + S = H2S Na2SO3 + S = Na2S2O3 Oltingugurt azot bilan bir necha xil ...
![Oltingugurt haqida [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
50.23 KB
Ko'rishlar soni
320 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
50.23 KB
Ko'rishlar soni
320 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx