Organik kimyo fani predmeti [info-referat]

Organik kimyo fani predmeti [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Organik kimyo fani predmeti [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

II Bo'lim. Organik kimyo. 1-Ma'ruza. Mavzu: Organik kimyo fani predmeti. Organik kimyoning asosiy qoidalari. Reja. 1. Organik kimyo fani predmeti. 2. A. M. Butlerovning organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Izomeriya. 3. Organik moddalarning gomologik qatorlari va klassifikatsiyasi. 4. Organik reaksiyalarning turlari. Yangi darsning bayoni. 1. Organik kimyo fani predmeti. Tarkibiga C elementi kiradigan birikmalar organik birikmalar deyiladi. C ning nihoyatda ko'p tabiiy va sintetik birikmalari organik birikmalar qatoriga kiritiladi hamda ularni organik kimyo fani o'rganadi. Organik birikmalar tarkibida C dan tashqari ko'pincha vodorod, kislorod, azot ba'zan S, P, galogenlar va ayrim metallar (alohida-alohida yoki turli hil kombinatsiyalarda) bo'ladi. Organik kimyo fani-C birikmalari va ularning tuzilishi, xossalari, olinish usullari, amalda foydalanish imkoniyatlarini o'rganadi. Organik kimyo mustaqil fan sifatida XIX asrning boshlarida ajralib chiqdi. Bunga juda ko'p sonli organik moddalarning, asosan o'simlik va hayvonlar organizmidan ajratib olinadigan moddalarning kashf etilishi va tekshirilishi sabab bo'ldi. XIX asrning birinchi yarmida organik moddalar ilk bor sintetik yo'l bilan olindi. Anorganik birikmalardan farqli ravishda organik moddalarning bir qator o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan; 1) Avvalo, C atomlarining bir-biri bilan birikib, zanjir va halqa hosil qilish xususiyatini aytib o'tish lozim, bu xususiyat anorganik birikmalarga unchalik hos emas. 2) Organik modda molekulalarida atomlar orasida bog'lanish kovalent bo'ladi. Shu sababli organik moddalar, odatda noelektrolitlar hisoblanadi. Molekulasida oddiy (birlamchi) C-C va C-H bog'lanishlar bor organik moddalar bir-biri bilan juda qiyin reaksiyaga kirishadi yoki umuman reaksiyaga kirishmaydi. 3) Organik moddalar 400-600 0C chegarasida qizdirilganda to'liq parchalanadi yoki ko'mirga aylanadi, kislorod ishtirokida esa yonadi. Bunga sabab C atomlari orasidagi bog'lanishning puxtaligi unchalik katta emasligidir (355,6 kJmol). 4) Organik birikmalarning o'ziga xos muhim xususiyati ular orasida izomeriya hodisasining keng tarqalganidir. 5) Organik kimyoda odatda struktura formulalaridan foydalaniladi, chunki atomlar molekulada fazoviy joylashgan bo'ladi. Struktura formulalari bu organik kimyoning tilidir. Struktura formulalarida kovalent bog'lanish chiziqcha bilan belgilanadi. Shu bilan birga empirik va elektron formulalardan ham foydalaniladi. 6) Organik kimyoda oksidlanish darajasi tushunchasi o'rniga valentlik tushunchasi qo'llaniladi. C atomining qo'zg'algan holatdagi valentligi doimo to'rtga teng va u to'rtta kovalent bog'lanish hosil qiladi. 2. A. M. Butlerovning organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Izomeriya. XIX asrda 1861 yilda rus organik kimyogari A. M. Butlerov tomonidan organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi yaratildi va 1861 yil 19 sentabrda Shpeyerda bo'lib o'tgan tabiatshunoslar va vrachlarning xalqaro anjumanida bayon qilib berildi. Tuzilish nazariyasininig asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: 1. Molekulada atomlar bir-biri bilan o'z valentliklariga muvofiq holda muayyan ketma-ketlikda birikkan. Atomlarning bog'lanish tartibi kimyoviy tuzilish deyiladi. 2. Moddalarning xossalari uning molekularining tarkibiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.53 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.53 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga