Organik kimyoning asosiy tushunchalari [info-referat]

Organik kimyoning asosiy tushunchalari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Organik kimyoning asosiy tushunchalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

ORGANIK KIMYONING ASOSIY TUSHUNCHALARI Organik kimyoda qo'llaniluvchi formulalar. A.M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Izomeriya. Molekulasi tarkibida uglerod atomi bo'ladigan birikmalarga organik birikmalar deyiladi. Organik birikmalar tarkibida ugleroddan tashqari ko'pincha vodorod, kislorod, azot, ba'zan oltingugurt, fosfor, galogenlar va ayrim metallar (alohida-alohida yoki turli xil kombinatsiyalarda) bo'ladi. Organik kimyo - kimyoning katta va mustaqil bo'limi bo'lib, uning mavzu bahsi uglerod birikmalarining kimyosidir: bu fan ularning tuzilishi, xossalari, olinish usullari, amalda foydalanish imkoniyatlarini o'rganadi. Anorganik va organik kimyo orasiga amalda keskin chegara qo'yib bo'lmaydi. Organik kimyo taraqqiyotining asosiy bosqichlarini to'rtta davrga ajratish mumkin: 1. Empirik davr - insonning organik moddalar bilan ilk bor tanishuvi, ularni ajratib olish va qayta ishlash usullari o'rganilgan vaqtdan to organik kimyo fan sifatida shakllangunicha (XVII asrning oxiri) o'tgan davr. 2. Analitik davr - XVII asr oxiridan XIX asrning 60-yillarigacha. Bu bosqichda dastlabki nazariyalar yaratilib, organik kimyo fan sifatida shakllana boshlagan. 3. Tuzilish nazariyasi davri - XIX asrning 60-yillaridan to XX asr boshlarini o'z ichiga oladi. 4. Organik kimyo rivojlanishining hozirgi zamon molekular-anomistik yoki ilmiy takomillashuv davri. Insonning organik moddalar bilan tanishligi va ulardan o'zining amaliy ehtiyojlari maqsadida foydalangani juda qadimdan ma'lum. Kishilarga dastavval ma'lum bo'lgan birikma sirka kislota bo'lgan. Uni ishqorga ta'sir ettirib, tuz hosil qilingan. Qadimgi xalqlar uzum shirasining bijg'ishini bilishardi. Galliya va Germaniyada sovun pishirishni, pivo tayyorlashni, slavyan xalqlari asalni bijg'itib ichimlik tayyorlashni, Hindiston, Gretsiya va Misrda organik moddalardan foydalanib matolarni bo'yashni bilishgan. Qadimgi olimlar moddalarni tashqi ko'rinishiga qarab guruhlarga ajratishgan. Masalan, suvda eriydigan moddalar tuzlar deb hisoblangan. Hatto kahrabo, oksalat va vino kislotalar ham tuzlar sinfiga kiritilgani ma'lum. Quyuq suyuqliklarining barchasi moylar deb hisoblangan. Shunga ko'ra, bu guruh haqiqiy moylardan tashqari, havoda nam tortib suyuqlanadigan - o'yuvchi kaliy, kuporos moyi (konsentrlangan sulfat kislota) ni ham o'z ichiga olgan. Barcha uchuvchan moddalar spirtlar deb qabul qilingan. Xlorid va nitrat kislotalar, qalay xlorid va ammiak uchuvchan bo'lganligidan ular ham vino spirti qatori spirtlar deb hisoblangan. Ammiakning suvdagi eritmasi hozir ham novshadil spirt deb atalishi ana shundan. Organik kimyo odam hayotida va amaliy faoliyatida katta rol o'ynaydi. Shu yerda organik moddalar ishlab chiqaradigan yoki organik xom-ashyoni qayta ishlaydigan sanoatning eng muhim tarmoqlarini ta'kidlab o'tamiz: kauchuk, smolalar, rezina, plastmassalar, tolalar ishlab chiqarish, neft-kimyo sanoati, oziq-ovqat, farmatsevtika, lok-bo'yoq sanoatlari va boshqalar. Sintetik yuqori molekular moddalar - polimerlar ishlab chiqarish bizning asrimizda nihoyatda katta ahamiyat kasb etdi. A.M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi. XIX asrning o'rtalariga kelib amaliy kimyoning rivojlanishi natijasida ko'p tajriba ma'lumotlari to'planib qoldi. Binobarin, ularni birlashtiradigan, umumlashtiradigan va kimyoning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 91.92 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 91.92 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga