Organik moddalar kimyoviy tuzilish nazariyasi [info-referat]

Organik moddalar kimyoviy tuzilish nazariyasi [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Organik moddalar kimyoviy tuzilish nazariyasi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Organik kimyo fani, rivojlanish tarixi. Organik moddalar kimyoviy tuzilish nazariyasi R E J A: Kirish 1.1. Organik kimyoning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari. Organik kimyoning ahamiyati II. Asosiy qisim Organik kimyo nazariyalari A.M.Butlerovning organik moddalar kimyoviy tuzilish nazariyasi Organik birikmalarning sinflanishi Funktsional guruhlar to'g'risida tushuncha II.Xulosa Kirish 1.1. Organik kimyoning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari. Organik kimyoning ahamiyati Organik kimyo - organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining kimyosini o'rganadi. Organik moddalar kishilarga juda qadimdan ma'lum,.ular organik bo'yoqlar (alizarin, purpur, indigo) olishni, uzum sharbatini bijg'itib sirka hosil qilishni, o'simliklardan shakar va moy olishni, yog'larni ishqorlar bilan qaynatib sovun olishni bilganlar va bu moddalardan foydalanganlar. Ammo uzoq vaqtgacha organik moddalar aralashma holida ishlatilib kelingan. IX asrga kelib arab alchimiklari sirkadan sirka kislotani, musallas ichimligidan etil spirtni ajratib olishga muvaffaq bo'lishdi. Sof holdagi organik moddalarni ajratib olish va ularni o'rganish XVII asr oxiri XIX asrning boshlarida rivojlana boshladi. 1824 yilda nemis kimyogari F.Vyoler laboratoriya sharoitida ditsiandan o'simlik organizmida uchraydigan oksalat kislotani sintez qildi: F.Vyoler 1828 yilda oddiy organik tuz - ammoniy tsianatdan hayvon organizmida hosil bo'ladigan mochevina (karbamid) ni sintez qildi: 1842 yilda rus olimi N.N.Zininning nitrobenzoldan anilinni olishi, 1845 yilda nemis olimi Kolьbening sirka kislotani sintez qilishi, 1854 yili frantsuz kimyogari I.Bertloning yog'ni hosil qilishi va 1861 yili rus olimi A.M.Butlerovning paraformalьdegiddan shakarsimon moddani sintez qilishi organik kimyo fanining rivojlanishiga katta yo'l ochdi. SHunday qilib, XIX asrning boshlarida organik kimyo fanga alohida qism bo'lib kiradi. Organik moddalarning fizik va kimyoviy xossalari hamda ularning tuzilishi ularda uglerod atomining borligi bilan belgilanadi. Organik moddalar (uglerodli birikmalar), tabiiy yoki sun'iy (sintetik) bo'lishiga qaramay, boshqa birikmalardan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: 1. Organik birikmalar anorganik birikmalarga qaraganda uncha barqaror emas, qizdirilganda oson o'zgaradi va yonadi. 2. Uglerodli birikmalarning atomlari o'zaro kovalent bog'langan. SHu tufayli bunday birikmalarning reaktsiyasi (ayrim hollarni hisobga olmaganda) sekin boradi.ma'lumki anorganik birikmalarda, odatda, reaktsiyalar juda tez sodir bo'ladi. Ko'pgina organik birikmalar reaktsiyasi oxirigacha bormaydi va kutilgan reaktsiya mahsulotining unumi 100% bo'lmaydi. Anorganik birikmalarning o'zaro reaktsiyalarida buning aksidir. 3. Birgina uglerod atomi vodorod, kislorod, azot va boshqa element atomlari bilan birikib, hozirgacha hosil qilingan organik birikmalarning soni anorganik moddalarning soniga qaraganda XIX asr yarmida 20 marotaba, hozir esa 30 marotaba oshib ketdi. Buning sababi organik birikmalarga izomeriya hodisasi xos bo'lib, bu hodisa anorganik birikmalarda kam uchraydi. Organik birikmalarning ko'pchiligi tirik organizmlarning yashashida hayotiy rol o'ynaydi. Hozirgi vaqtda organik kimyo fani yutuqlariga tayangan holda yuqori sifatli sintetik kauchuklar, plastmassalar, sun'iy va sintetik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 80.93 KB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 80.93 KB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga