Polimerlar kimyosi [info-referat]

Polimerlar kimyosi [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Polimerlar kimyosi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Polimerlar kimyosi «Polimerlar kimyosi» kafedrasi 1979 yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor U.N. Musaev tomonidan tashkil qilingan. U.N. Musaev kafeddraga 2007 yilgacha rahbarlik qilgan. hozirgi vaqtda kafedraga kimyo fanlari doktori M.G. Muxamediev rahbarlik qilmoqda. hozirda kafedrada 3 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodi, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va ilmiy xodimlar foliyat ko'rsatmoqdalar. Kafedrada Funksional polimerlar kimyosi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Labaratoriyadagi ilmiy ishlar O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Maxkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar rivojlanishini koordinatsiyalovchi qo'mita tomonidan mablag' bilan ta'minlangan mavzular bo'yicha olib boriladi. Bu ishlar yuqori molekulali birikmalar kimyosining dolzarb yo'nalishlaridan bo'lib, funksional polimerlar kimyosi bo'yicha fundamental va ilmiy-texnikaviy muammolarni qamrab olgan. Alohida kompleks xossalarga ega bo'lgan polimerlar yaratilgan bo'lib, ular tibbiyotda, biologiyada, veterinariyada hamda xalq ho'jaligining turli sohalarida qo'llanishga qaratilgan. Dunyo amaliyotida ilk bor alkoloidlar va boshqa fizologik faol moddalardan suvda eruvchan va gidrofil stimulsezgir xususiyatli polimerlar yaratilgan. Olib borilgan ilmiy ishlarning rivojlanishi natijasida polimerlar kimyosining yangi sohasi bo'lgan - tibbiy-biologik polimerlar kimyosining yaratilishiga sezilarli xissa qo'shildi. Bu ishlar O'zbekistonda tibbiy-biologik hamda funksional polimerlar ilmiy maktabi yaratilishiga asos bo'ldi. Kafedra O'zbekiston Respublikasining ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng profildagi Kimyo ixtisosligi bo'yicha kadrlar tayyorlaydi. Bakalavriat yo'nalishi bazasida kafedrada YUqori molekulyar birikmalar mutaxassisligi bo'yicha magistrlik yo'nalishi ochilgan. Kafedra 6 fan doktori, 40 dan ortiq fan nomzodi va ko'plab yuqori malakali yosh mutaxassislar etishib chiqardi. Kafedra xodimlari tomonidan 10 dan ortiq o'quv-metodik qo'llanmalar, Polimerlar kimyosidan praktikum, Fizikaviy va kolloid kimyo, Kimyoviy texnologiya kabi bir qator darsliklar yozilgan. Davlat mukofotiga sazovorlar Kafedra professori T.M. Boboevning ko'p yillar davomida kimyogar mutaxassislar tayyorlash bo'yicha olib borgan mehnatlari Davlatimiz tomonidan yuksak baholanib 2008 yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan YOshlar murabbiysi degan faxriy Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Davlat ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy tavsiloti Kafedra professor-o'qituvchilari va ilmiy xodimlari oxirgi yilda O'zR Vazirlar Maxkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar rivojlanishini koordinatsiyalovchi qo'mita tomonidan mablag' bilan ta'minlanadigan quyidagi ilmiy mavzularda davlat grantlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar: 1. OT-F.3-151 «Polimerlar biologik faol moddalarni tashuvchilari sifatida, ingibitorlar. Deterpenoidlar ta'sir mexanizmi», rahbar - k.f.d. Muxamediev M.G. 2. K.12-016 «YUmshoq to'qimalarning yiringli-nekrotik kasalliklarini davolash uchun kombinirlangan bakteritsid bog'lovchi materiallar», rahbar - Mirzaxidov X.A. 3. K.12-001 «CHorva mollari ginekologik kasalliklarining oldini olish va davolash uchun yuqori samarali polimer dorilar yaratish va veterinariya amaliyotiga tavsiya qilish», rahbar - Babaev T.M. 4. OT-3.F.145. Tabiiy birikmalar asosidagi yangi supramolekulyar komplekslar sintezi, fizik-kimyoviy xossalari va biologik ta'sir mexanizmi, rahbar: Muxamediev M.G. Kafedrada turli ishlab chiqarish korxonalari bilan xo'jalik shartnomalari tuzilgan bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.46 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.46 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga