Polimerlar kimyosi va fizikasi O'zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti - i.t. muassasasi. 1981 y.da O'zbekiston FA tarkibidagi polimerlar kimyosi bo'limi (1979) negizida tashkil etilgan. In-tping asosiy fundamental ilmiy yo'nalishi talab etiladigan xossalarga ega bo'lgan polimsrlar va kompozitsion polimer materiallarning yangi turlarini sintez qilishning nazariy asoslarini ishlab chiqish, ularni qayta ishlash va i.ch. texnologiyasini tashkil etishdan iborat. In-tda olib borilgan i.t.lar natijasida q.x. va tibbiyot uchun zarur bio-logik faol polimerlar sintezi yo'lga qo'yildi, o'sishni boshqaruvchi, bakteritsid, fungitsid va immunomodullash xususiyatiga ega bo'lgan polimer tizimlarining yangi turlarini sintez qilishga sinergetik yondoshish joriy etildi, kimyoviy modullash usuli bilan farmatsev-tikada keng qo'llanishi mumkin bo'lgan ekologik toza polisaxaridlar sintezi har taraflama o'rganildi. Paxta momig'idan turli maqsadlarga mo'ljallangan paxta sellyulozasi olindi, uni karboksime-tillash, atsezillash mumkinligi aniqlandi, kukun va monokristall holatdagi sellyuloza olish texnologiyalari ishlab chiqildi va ular asosida dori-darmonlar, tibbiyot uchun zarur mahsulotlar olindi. O'simliklarning kimyoviy himoya vositalari sifatida suvda eruvchan, kam zararli polimer dorivor shak-li, biologik faol komponentlar sama-radorligini oshiruvchi, paxta, sholi, qand lavlagi, makkajo'xori va bug'doy urug'larini kapsulalashning ekologik xavfsiz texnologiyalari ishlab chiqildi. O'simliklarni kimyoviy himoyalashga yo'naltirilgan, fungitsid va o'sishni boshqaruvchi hamda q.x. mahsulotlari uru-g'ini kapsulalash vositasi - O'zxitan, fungitsid xossali oksadeksil kimyoviy vositaning urug'lik chigitni kapsulalashda qo'llanadigan polimer shakli - Po-lisand, qayta ishlashga yaroqli Paxta sellyulozasi qog'ozi Novilon, Kago-sel, Nitroglitserin, Limonli pek-tin, Mikrotsel kabi dorivor moddalar olindi va amaliyotga tavsiya etildi. Polimerlar kimyosi va fizikasining istiqbolli kelajagi - nanopolimerlarning yangi turlarini sintez qilish, polimer tizimlarida nanostrukturalarning shakllanish mexanizmlarini tek-shirish, ularni barqarorlashtirish borasida izlanishlar olib borilmoqda ...
![Polimerlar kimyosi va fizikasi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.37 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.37 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: doc