Polimerlarda destruksiya [info-referat]

Polimerlarda destruksiya [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Polimerlarda destruksiya [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVYeRSITYeTI TABIIY FANLAR fakultetI Kafedra: Fizikaviy kimyo va kimyoviy ekologiya Mavzu: Bajardi: Umirova Z. Qabul qildi: Xojieva A. SAMARQAND 2007 Polimerlarda destruksiya Distruksiya refksiyalari Fizikaviy distruksiya jarayonlari a.Termik destruksiya b.Fotodestruksiya s. Radiatsion destruksiya d. Mexanik destruksiya POLIMYeRLARDA DYeSTRUKSIYA Polimer makromolekulalarida polimerlanish darajasining kamayishi bilan boradigan reaksiyalarni destruksiya reaksiyalari deyiladi. Polimerlardan foydalanish, ularni saqlash va qayta ishlashda, shuningdek ximiyaviy o'zgarish-larga uchratish vaqtida destruktiv jarayonlari sodir bo'ladi. Destruksiya natijasida polimerlarning kupgina fizik-ximiyaviy va mexanikaviy xossalari uzgaradi (yani yomonlashadi). Bunga asosiy sabab destruksiya vaqtida polimer makromolekulasida boradigan parchalanish reaksiyalaridir. Demak destruktiv jara-yonlar ko'p xollarda maqsadga muvofik kelmaydigan zararli oqibatlarga olib keladi. Bundan destruksiya jarayonlarining xammasi zararli deb xulosa chiqarish xato bulur edi. ko'p xol-larda tabiiy va sintetik polimerlardan destruksiya yordamida kimmatbaho past molekulyar moddalar hosil qilish mumkin. Ma-salan, kraxmal va tsellyulozani gidrolizlab glyukoza olinadi yoki tabiiy oqsil kollagenin gidrolizlanganda meditsinada va ozik-ovqat sanoatida ishlatiladigan har xil aminokislotalar-ning aralashmalarini hosil qilishi mumkin yoki biror bir polimerning strukturasini o'rganish uchun ko'p xollarda uni destruksiyaga uchratish va analiz qilish foydadan xoli emas. Sintetik polimer polimetilmetakrilat destruksiyaga uchratilganda monomer metilmetakrilat olinadi. Demak destruksiya jarayonlari sharoitga karab foydali yoki zararli bo'lishi mumkin. Destruksiya jarayonlari ikki qonuniyatga -tasodifiy yoki depolimerlanish qonuniyatlariga buysungan holda boradi. Depolimerlanish-polimerlanishnng teskari jarayoni bo'lib, makromolekula tarkibidan monomer molekulasini ketma-ket ajralib chiqishi bilan boradigan reaksiyalardir. Bu ikkinchi holatda polimerning molekulyar massasi tasodifiy qonuniyatga buysunuvchi holatdagiga nisbatan sekin uzgaradi. Polimerlarning destruksiya jarayoni tasodifiy qonuniyat bo'yicha uzgarsa, vaqt oraligida hosil bulayotgan makromolekulaning o'rtacha statistik uzunligi shu makromolekulaning o'rtacha polimerlanish darajasi Rx va shu polimerning dastlabki polimerlanish darajasi Rp hamda boglarning o'rtacha soni bilan ifodalanadi. Destruksiya jarayonlari qanday tashqi ta'sir ostida borish ligiga karab bir nechta turga ajratiladi. Destruksiya mexanik kuchlar ta'sirida borsa, bunga mexano-destruklanish, nur ta'sirida - fotodestruksiya, issiqlik tasi rida - termodestruklanish, radiatsiya ta'sirida - radiatsion destruksiya, oksidlovchilar ishtirokida borsa - oksidlanish destruksiyasi; bakteriya va zamburug'lar ta'sirida borsa - biologik destruksiya deyiladi. Geterozanjirli polimerlarning ximiyaviy destruksiyasi yaxshi urganilgan. Bunday polimerlarning ximiyaviy destruksiyasi zan-jirdagi uglerod-geteroatom orasidagi bogdan boshlanadi. Agar destruksiya tulik borsa, dastlabki monomer xam hosil bo'lishi mumkin. Bunday reaksiyalar, xuddi organik ximiyadagidek gidro liz, alkogoliz, akidoliz, ammonoliz deb ataladi. FIZIKAVII DYeSTRUKSIYA JARAYoNLARI Polimerlar fakat oksidlovchilar, kislotalar, ishkorlar ta-sirida emas, balki turli fizikaviy omillar ta'sirida ,xam parchalanishi mumkin. Asosan yorug'lik radiatsiya, mexanik issik-lik va ultratovush kabi fizikaviy omillar polimerlarni par-chalanishiga sabab bo'ladi. ko'p xollarda polimerlarning oli-nishi, qayta ishlanishi va ulardan foydalanish jarayonlarida destruksiya boradi. Umuman aytganda fizikaviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37 KB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37 KB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga