Qattiq chiqindilarni qayta ishlash va xalq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish yo'llari Hozirgi vaqtda insoniyatning xo'jalik faoliyati ta'siri ostida atrof-muhitga zarar etkazilishihammaga ma'lum. Shuningdek, atrof muhitga etkazilayotgan zararni kamaytirish ham insoniyatning o'z qo'lidadir. Agar bu masalaga ijobiy tomondan chuqurroq yondashadigan bo'lsak, o'zimizning atrofimizni yanada obodonlashtirish va musaffolashtirish zaruriyati paydo bo'ladi. Zero Prezidentimiz I.A.Karimov ko'rsatib o'tganlaridek: Ekologik xavfsizlikni kuchaytirishninghozirgi asosiy yo'nalishlaridan biri shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizastiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimni joriy etish yo'li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida aolini yashashi uchun qulay sharoit yaratish zarur. Iqtisodiy ekologik muammolar orasida chiqindilar g'oyat muhim va jiddiy muammolar qatoriga kiradi. Keyingi vaqtlarda yarim tayyor, muzlatilgan va kanserva qilingan mahsulotlarni ko'plab ishlab chiqarilishi munosabati bilan ularni maxsus yashik, quticha, maxsus idish, qog'oz va selofan xaltachalarga o'rab sotuvga chiqarilmoqda. O'rash tarkibini avvalo qog'oz, oyna, metall, stelofan, plastmassa tashkil qiladi. Qizig'i shundaki, ulardan ikkinchi marta foydalanib bo'lmaydi, ya'ni qayta quyish yoki eritish zarur. Respublika mustaqillikka erishgandan so'ng chet ellardan ko'plab spirtli ichmliklar, sigaretlar,oziq-ovqatlar keltira boshlandi. Aholi zich hududlarda turli markadagi salqin ichimliklar ishlab chiqarila boshlandi. Ichimliklardan bo'shagan shisha va plastmassa idishlar ikkinchi marta ishlatishning andozaga to'g'ri kelmasligi bois chiqindixona va ko'chalarda, to'plana boshladi. Yevropamamlakatlaridan keltirilgan pivo idishlari alyuminiydan tayyorlanganligi va qayta foydalanishning imkoni yo'qligi sababli chiqindixona, ko'cha, ariqlarda yig'ilib bormoqda. Bu esa maishiy chiqindilar hajmini bir nech baravar ko'paytirmoqda.Ko'cha, xiyobon, maydon, baland qavatli binolar yaqinida maishiy chiqindilarning yig'ilib borishi aholi o'rtasida turli yuqumli kasalliklarning tezda tarqalishiga sabab bo'lmoqda. Pashsha, chivin kabi mayda hasharotlar va qushlarning chiqindixonalarda oziqlanishi mikrob, virus, bakteriyalarning tarqalishiga (ayniqsa, yilning issiq faslida) kuchli ta'sir etadi. Bundan tashqari to'planib borayotgan chiqindilar atmosfera havosi, yer osti va yer usti suvlari, tuproq va o'simliklarni ifloslovchi asosiy manbalar hisoblanadi. Endilikda maishiy chiqindilarning miqdor jihatidan borgan sari ko'payib borayotganligi insoniyatni jiddiy tashvishga solmoqda. O'zbekistonda har yili ko'plab shahar chiqindilari, sanoat chiqindilari, qishloq xo'jaligi va qishloq maishiy chiqindilari to'planib qolayotganligi va ularni yig'ish va qayta ishlash muammosi hal etilmaganligi jiddiy muammo hisoblanadi. Masalan, faqat Namangan shahrining o'zida har yili 250-300 ming tonna atrofida qattiq maishiy chiqindilar to'planmoqda. Viloyat hududi bo'yicha maishiy chiqindixonalar 100 gektardan ortiqroq joyni egallaydi. Jadvaldan ko'rinib turibdiki, aholi soni bilan maishiy chiqindilarning o'sishida mutanosiblik yo'qolgan, ya'ni aholi sonining o'sishidan ko'ra qattiq maishiy chiqindilar miqdori tez sur'atlarda o'sib bormoqda. Maishiy chiqindilar miqdorining o'sishi yuqorida aytib o'tganimizdek, har bir mahsulotni alohida idishlarda (yashik, oyna, metall, stelofan, plastmassa quticha, karton, qog'oz va boshqalar) ishlab chiqarilishi va sotilishi bilan bog'liq. Bu, esa o'z ...
![Qattiq chiqindilarni qayta ishlash va xalq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish yo'llari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.11 KB
Ko'rishlar soni
196 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.11 KB
Ko'rishlar soni
196 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: docx