Qattiq holdagi chiqindilar va litosfera muhofazasi [info-referat]

Qattiq holdagi chiqindilar va litosfera muhofazasi [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Qattiq holdagi chiqindilar va litosfera muhofazasi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Qattiq holdagi chiqindilar va litosfera muhofazasi Yer bizning boyligimiz va u yillar davomida e'zozu hurmatga loyiq bo'lib kelgan. Kishilar dehqonchilikni o'rgangan dastlabki kunlardanoq, yerga munosabat ijobiy bolib kelgan. Fan, ishlab chiqarishning rivojlanishi, yangi mahsulot turlarining ko'payishi va kishilar ehtiyoj turlarining o'zgarishi yer usti boyliklaridan foydalanish bilan qanoatlantirilmadi. Endi ular yerning ostidagi boyliklarni ham olishga, ulardan xalq iste'moli uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga bilim va imkoniyatlarini sarfladilar, natijada yer ostida ham qator boyliklar mavjudligi aniqlandi.Inson ularni hammasini olishni, hammasini o'ziniki qilishga tabiatdan ruxsat so'ramay harakat qildi. Oxir-oqibat tabiat o'z bag'ridagi boyliklarni xo'jasizlik bilan olayotgan insonga qarshi bo'lib qoldi. Endi inson ham tabiatni yer osti boyliklarini ham tugashi mumkin, ularni asrash kerak degan fikrga keldi va yer osti boyliklaridan foydalanishni qonunlar bilan tartibga solishni ma'qul deb topdi. Insoniyat har yili yer ostidan 600 milliard tonnadan ortiq tog' jinslarini qazib oladi. Mutaxassislarning taxminiy hisob-kitoblariga ko'ra olingan xom ashyo qayta ishlanganda uning umumiy massasining 98% i chiqindiga chiqar ekan va atigi 2% i ijtimoiy talablarni qondirish uchun ishlatilar ekan. Qadim zamonlarda kishilar yer yuzasiga va yer osti boyliklariga yaxshiroq ta'sir ko'rsata olmaganlar. Sanoat ishlab chiqarishi o'sishi bilan ahvol keskin o'zgardi. Oxirgi yillarda fan-texnikaning jadal rivojlanishi bilan kishilarning xo'jalik-texnik ehtiyojlari va texnika qudrati tabiiy jarayonlarga katta ta'sir etib, yer qiyofasini jiddiy o'zgartirib yubormoqda. Shuning uchun ham biosfera bilan birga kishi aqli va qudrati ila yaratilgan texnika kirib borayotgan sfera texnosfera vujudga keldi. Bu sferaning paydo bo'lishida mineral resurslar katta rol o'ynaydi. Mineral resurslardan foydalanishning asosiy xususiyatlariga to'xtalib o'tamiz. Yer osti boyliklari deganda, yerning ichki qismida bo'lgan asosiy mineral resurslar tushuniladi. Yer yuzasida joylashgan mineral resurslar qum, shag'al, ba'zi bir tuzlar va boshqalar ham bor. Fan-texnika taraqqiyoti davrida yer osti boyliklaridan foydalanishda uch xususiyat mavjud: ishlab chiqarishning tez sur'atlar bilan rivojlanishi nihoyatda ko'p miqdorda mineral resurslarni talab etadi: hozirgi paytda mineral resurslardan foydalanishning hajmi dunyo bo'yicha har o'n besh yilda ikki marta oshmoqda; sanoat va qishloq xo'jaligida foydali qazilmalarining yangi-yangi turlaridan foydalanilmoqda va ayni vaqtda ular oldiga butunlay yangi talablar qo'yilmoqda; geologiya va tog' ishlarida yer osti boyliklarining joylashishidagi qonuniyatlarni topish va ilmiy tahlil qilish gurkirab avj olmoqda; Yer osti boyliklarini muhofaza qilishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: zaruriy xom ashyo zahirasini yaratish uchun qazib olish sur'atidan ko'ra geologik kuzatuv oldinda borishi; konlardan barcha foydali komponentlarni to'liq va kompleks ajratib olish; ishlab chiqarishda ulardan tejamli va chiqitsiz foydalanish; buyumlar iste'moldan chiqqandan so'ng materiallardan ikkinchi marta foydalanish; yer osti boyliklaridan foydalanish ishlarining zararli ta'siriga barham berish; foydalanish davomida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.82 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.82 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga