Sikloalkanlar (sikloparafinlar) [info-referat]

Sikloalkanlar (sikloparafinlar) [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Sikloalkanlar (sikloparafinlar) [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

SIKLOALKANLAR (SIKLOPARAFINLAR) Sikloalkanlar - molekulasida 3 ta yoki undan ko'proq uglerod atomlari bo'lgan sikllardan (halqalar) iborat bo'lgan to'yingan uglevodorodlardir. Sikloalkanlarning umumiy formulasi CnH2n bu yerda n ≥ 3. Molyar massalari M = 14n Nomlanishlarida xarakterli suffiks siklo qo'shib o'qiladi. Molekulasida bir xil sondagi uglerod atomlari bo'lgan to'yinmagan (alkenlar) uglevodorod bilan isomer bo'ladi. Masalan : Fizikaviy xossalari : Sikloalkanlarning hammasi suvda erimaydi. Sikloalkanlarning gomologik qatori Bir valentli radikallarini -an qo'shimchasini -il qo'shimchasiga almashtirish yo'li bilan nomlanadi: Alkanlarning fizik va kimyoviy xossalari. Metan To'yingan uglevodorodlarning gomologik qatorida uglerod atomlarining sonini ortib borishi bilan ularning fizikaviy xossalari ham o'zgaradi. Gomologik qatorda har gal CH2 gruppasini qo'shilishi bilan sifat jihatdan oldingisidan farq qiladigan moddani olamiz. Normal uglevodorodlardan molekula tarkibiga kiruvchi uglerod atomlarining sonini ortib borishi bilan ularning suyuqlanish temperaturasi qonuniy ortib boradi. Masalan : metaning suyuqlanish temperaturasi -182,5 o C , pentadekan (C15H32) +10oCda, gektan (C100H202) esa +115,4oC da suyuqlanadi. To'yingan uglevodorod gomologik qatori a'zolarining odatdagi sharoitda holatlari quydagicha o'zgaradi: CH4…C4H10 - gazlar, hidsiz. C5H12…C15H32 - suyuqliklar, hidli. C16H34… - qattiq hidsiz. To'yingan uglevodorodlarning qaynash temperaturalari va zichliklari (ρ) ularning molekulasidagi uglerod atomlari soniga bog'liq holda o'zgaradi: Alkanlarning suyuqlanish temperaturasining ortishi normal uglevodorodlarining molekulasidagi uglerod atomlari soni toq yoki juft bo'lishligiga bog'liq bo'lib, toq bo'lganda juft bo'lgandagiga qaraganda kamroq ortadi. Alkanlar zanjiri tarmoqlangan bo'lsa (izomerlar) ularning qaynash temperaturalari tarmoqlanmagan (normal) zanjirli uglevodorodlarga nisbatan past bo'ladi. Masalan : n - pentan - 159, 6oCda suyuqlansa, izopentan - 129,7oCda suyuqlanadi. Aksincha, suyuqlanish temperaturasi esa tarmoqlangan uglevodorodlarda yuqori, tarmoqlanmagan zanjirlarda esa past bo'ladi. Masalan : n - oktan (C8H18) ning suyuqlanish temperaturasi -56,8oC, uning izomeri geksametiletan (2,2,3,3 - tetrametilbutan ( ) odatdagi sharoitda qattiq modda bo'lib, uning suyuqlanish darajasi +104oCga teng. To'yinmagan uglevodorodlar qutbsiz moddalardir, ular suvda mutloqo erimaydilar. Kimyoviy xossalari : Alkanlar odatdagi sharoitda boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Ularning to'yingan degan nomi ham shundan kelib chiqqan. Alkanlarga odatdagi sharotida konsentrlangan kuchli kislotalar, o'yuvchi ishqorlar, hatto kuchli oksidlovchilar ham ta'sir etmaydi. To'yingan uglevodorodlarda uglerod atomlari o'zaro (-C-C-) hamda vodorod atomlari ( ) hisobiga to'la to'yingan bo'lganligi uchun ular birikish reaksiyasiga mutlaqo kirishmaydilar. Toyingan uglevodorodlarga almashinish va parchalanish reaksiyalari xos. Bunda molekuladagi bir yoki bir necha vodorod atomlariga boshqa atom yoki gruppaga almashinishlari yoki uglevodorod zanjirining uzilish reaksiyalari sodir bo'ladi. C -C yoki C - H bog'larining uzilishi uchun katta energiya talab qilinadi. Shu sababli to'yingan uglevodorodlarda boradigan reaksiyalar katalizator ishtirokida ancha oson boradi. Masalan : 1. To'yingan uglevodorodlarda galogen almashinish reaksiyasini metan misolida ko'rib chiqaylik. Metanga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 341.29 KB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 341.29 KB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga