Spirtlar [info-referat]

Spirtlar [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Spirtlar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

SPIRTLAR. BIR ATOMLI SPIRTLARNING TUZILISHI VA KIMYOVIY XOSSALARI. ETANOLNING SANOATDA SINTEZI VA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. ETILENGLIKOL VA GLISERINNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Spitlar Uglevodoroddagi bir yoki bir necha vodorod atomining gidroqsil OH - gruppasiga almashishi natijasida hosil bo'lgan organik birikmalarga spirtlar deyiladi. Gidroqsil gruppasining soniga qarab spirtlar bir atomli, ikki atomli, uch atomli va xk ko'p atomli spirtlarga bo'linadi. Bir atomli spirtlarning alifatik qatori alkanollar ham deyiladi. Bir atomli spirtlarning tuzilishi Bir atomli spirtlar - molekulasida bitta gidroqsil - OH gruppa bo'lgan uglevodorodlar hosilalaridir. Bir atomli spirtlarning asosiy xususiyatlari : Umumiy formulasi : R - OH yoki CnH2n+1OH. Bu yerda n≥1; Molyar massasi M = 14n + 18; Nomlanishlarida xarakterli qo'shimcha - ol ; Molekulasida bir xil sondagi uglerod atomlari bo'lgan oddiy efirlar bilan izomerlardir. Masalan : Bir atomli spirt molekulasining tuzilishi : Etil spirtining elektron formulasidan ko'rinadiki, gidroqsil gruppasidagi kislorod atomi bilan bog'langan vodorod atomi boshqa hamma vodorod atomlariga nisbatan juda kuchli qutblangan. Kimyoviy bog' qanday bujudga keladi? Kislorodning tashqi qavatidagi valent elektronlari. 2p pog'onasidagi toq elektronlari o'zaro bir - biriga tik bo'lgan gantel shaklidagi ikkita elektron bulutni hosil qiladi. Ulardan biri uglerod atomining gibrid buluti bilan qoplanadi va uglerod atomi bilan kislorod atomi orasida δ- kimyoviy bog' hosil qiladi. Birinchisiga nisbatan tik joylashgan ikkinchi bulut vodorod atomining s - elektron buluti bilan qoplanadi. Elektron bulutning qoplanishi natijasida molekulada elektron zichlikning taqsimlanishidagi muvozanat buzilishi sodir bo'ladi. Elektron bulutning eng kuchli siljishi - O - H kislorod - vodorod orasida sodir bo'lgani uchun, bu bog' eng kuchli qutblangan bo'ladi va bu vodorod atomi boshqa vodorod atomlariga nisbatan harakatchan bo'lib qoladi. Spirtlarda faqat shu vodorod atomi juda oson almashinish reaksiyalariga kirishadi. Etil spirti molekulasida kislorod atomining valent elektron bulutlari o'rtasidagi burchak 110 o ga teng bo'ladi. Spirt molekulasidagi gidroqsil gruppa -OH spirtlarning funksional gruppasidir. Funksional gruppa deb - atomlar yoki atomlar gruppasiga aytiladi. Funksional gruppa berilgan modda sinfini va ayni moddaning xarakterini ta'minlaydi. Spirtlarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri molekulasida vodorod bog'lanish mavjudligidir. Shuning uchun spirtlarning gomologik qatorlarida gaz holidagi moddalar yo'q. Fizikaviy xossalari : CH3OH……C11H23OH - lar suyuqlik, C12H25OH dan yuqorilari qattiq moddalar. Hamma suyuq holdagi spirtlar rangsiz, o'tkir hidli, qattiqlari hidga ega emas. Metanol, etanol, praponol suv bilan istalgan nisbatda (cheksiz) aralashadi. Spirtlar tarkibidagi uglerod atomlarining sonini ortib borishi bilan suvda eruvchanligi kamayadi, zichliklari va qaynash temperaturalari ortib boradi. Yuqori spirtlar suvda erimaydi. Nomenklaturasi va izomeriyasi : Rasional nomenklaturaga muvofiq, spirtlar gidroqsil gruppasiga birikkan radikallarning nomi ataladi. Masalan : CH3OH ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 418.42 KB
Ko'rishlar soni 253 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 418.42 KB
Ko'rishlar soni 253 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga