Sulfat kislota ishlab chiqarish [info-referat]

Sulfat kislota ishlab chiqarish [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Sulfat kislota ishlab chiqarish [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Sul'fat kislota ishlab chiqarish. ReJA: 1. H2 SO4 ning ishlatilish sohasi. 2. H2 SO4 olish usullari. TAYaNCh IBORALAR: Sul'fat kislota, kontakt usul, nitroza usuli, kontakt apparat, siklon. H2 SO4 - kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlaridan biridir. H2 SO4 ning yuqori aktivlikka ega bo'lishi, fizik - kimyoviy xossalari uning kullanish sohasini kengaytiradi. Sul'fat kislota suvsiz, egsimon suyuqlik bo'lib, u OoS da 1,85 gsm3 zichlikka ega. Toza H2 SO4 rangsiz suyuqlik, lekin texnik H2 SO4 esa kushimchalar ta'sirida tuk rangga kiradi. 98,3 % H2 SO4 tutgan kislota 336 oS da kaynaydi. H2 SO4 va uning tuzlari xalq xo'jaligining turli sohalarida ishlatiladi. Uni eng ko'p qo'llaniladigan sohalarini quyidagi sxemadan ko'rish mumkin : H2 SO4 kadimdan ma'lum bo'lgan kimyoviy modda hisoblanib, uni XII asrda FeSO4 temir kuporosini termik parchalash yo'li bilan olinar edi. Shuning uchun kuporos egi deb xam ataladi. XVII - asrda esa nitroza usuli bilan olingan. Nitroza usuli hozir kullanilaetgan usul orqali ishlab chiqarishdan sikib chikarildi. Xar bir usulda xam birinchi bosqichda S tutgan xom ashyoni kuydirish orqali SO2 olinadi. Uni tozalagandan sung SO3 gacha oksidlantiradi. Sungra SO3 ni suv bilan biriktirib, H2SO4 olinadi. SO2 oddiy sharoitda oksidlanmasdan balki katalizatorlar ishtirokida oksidlantiriladi. Nitroza usulida katalizator sifatida azot oksidlari ishlatiladi. SO2 , SO3 gacha minorada oksidlantiriladi. Shuning uchun xam bu usulni minora usuli deb xam ataladi. Bu usulning kamchiligi atmosferani uzidan chikaetgan NO2, SO2, SO3 gazlari bilan ifloslantirishi va ishlab chikarilaetgan kislotaning uncha yuqori sifatga ega emasligidir. Shuning uchun kontakt usuli orqali sul'fat kislota ishlab chiqarish keng kullanilmokda. Kontakt usulida SO2 ni SO3 gacha oksidlantirish jarayoni qattiq katalizatorlar ishtirokida olib boriladi. Nitroza usuliga nisbatan ishlab chikarilaetgan H2SO4 ancha yuqori sifatli va kontsentrik bo'ladi. Bu usul quyidagi bosqichlardan iborat: 1. S tutgan xom ashyoni kuydirish. 2. Gazni katalizatorlarga ta'sir qiluvchi turli kushimchalardan tozalash. 3. SO2 ni SO3 gacha kontakt oksidlash. 4. H2SO4 orqali SO3 ni absorbtsiyalash. S tutgan xom ashyoni O bilan oksidlash orqali oltingugurt gazi olinadi. Oltingugurt gazi olish uchun tabiiy mineral yoki oltingugurt tutuvchi boshqa moddalar ishlatiladi. Rangli metallarning sul'fidlari qayta ishlash natijasida hosil bo'lgan SO2, H2SO4 ishlab chiqarishda kisman ishlatiladi. Neft' mahsulotlarini qayta ishlash S ni kokslash va qo'shimcha mahsulot sifatida hosil bo'lgan H2 S ni kontsentrlab uni kuydirib olinadi. Undan esa H2SO4 ishlab chiqarishda foydalaniladi. H2SO4 olishda xom ashyo sifatida CaSO4 va H3PO4 olishning chiqindisi hisoblangan gips xam ishlatiladi. FeS2 - temir kolchedanini kuydirish - geterogen (gaz - qattiq), yuqori haroratli (100 gacha), qaytmas katalitik bo'lmagan jarayon bo'lib, bir necha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.64 KB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.64 KB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga