KRAXMAL VA SELLULOZA, ULARNING TUZILISHI, KIMYOVIY XOSSALARI, TABIATDAGI O'RNI VA TEXNIKADA ISHLATILISHI. SUN'IY TOLALAR HAQIDA TUSHUNCHA Polisaxaridlar - juda katta sondagi monosaxaridlar qoldiqlaridan iborat tabiiy polimerlardir. Polisaxaridlarning umumiy formulasi (C6H10O5)n, bu yerda n = 103 - 105. Polisaxaridlarning molekulyar massalari 200 - 100 gacha bo'lishi mumkin. Polisaxaridlar fizik - kimyoviy xususiyatlari bilan bir - biridan va monosaxaridlardan farq qiladi. Mineral kislotalar ta'sirida polisaxaridlar monosaxaridlarga parchalanadilar. Agar gidrolizlanganda faqat bir xil monosaxaridlar hosil bo'lsa, bunday polisaxaridlarga gomopolisaxaridlar deyiladi. Ularga kraxmal, glukoza, glikogen va boshqalar kiradi. Agar gidrolizlanganda har xil monosaxaridlar hosil bo'lsa bunday polisaxaridlar geteropolisaxaridlar deyiladi. Ularga gemeselluloza va boshqalar kiradi. Eng muhim polisaxaridlar kraxmal va selluloza (kletchatka)dir. Kraxmal - formulasi (C6H10O5)n bo'lgan polisaxarid. Kraxmal tabiatda ko'p tarqalgan polisaxarid bo'lib, boshoqli donli o'simliklar tarkibidagi asosiy oziqa modda hisoblanadi. Sanoatda kraxmal asosan kartoshkadan olinadi. Kraxmal guruch tarkibida 82%, jo'xorida 72% gacha, kartoshkada 24%, bug'doyda 57 - 75% bo'ladi. Kraxmal asosan ikkita polisaxarid - amiloza (20 - 30%) va amilopektin (70 - 80%) aralashmasidan iborat. Bu polisaxaridlar α - o - glukoza qoldig'ining o'zaro 1 -4 -glikozid bog'lanishidan hosil bo'ladigan yuqori molekulali birikmalaridir. Quyida kraxmal molekulasining tuzilishi keltirilgan. Kraxmal faqat amilopektin hisobiga kleyster deb ataluvchi yelim hosil qiladi. Amiloza va amilopektin yod ta'sirida har xil rang beradi. Amiloza tarmoqlanmagan (chiziqli) glukoza qoldiqlaridan tuzilgan bo'lib polimerlanish darajasi 100 - 1400 chegarasida bo'ladi. Amiloza suvda eriydi, ammo hosil bo'ladigan eritmasi beqaror va qisqa vaqtda amiloza kristall cho'kma ko'rinishida ajralib chiqadi. Amilopektin - bu ko'p marta tarmoqlangan glukoza qoldiqlaridan iborat polisaxariddir. Polimerlanish darajasi 100 - 600 dan iborat. U suvda erimaydi, ammo unda kuchli ko'pchiydi. Suyultirilgan kislotalar bilan yoki fermentlar (diostaz) ta'sirida qizdirlganda kraxmalning ulkan molekulalari dastlab bir xil tarkibli kichik molekulalarga (dekstrin x ...
![Sun'iy tolalar haqida tushuncha [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
230.19 KB
Ko'rishlar soni
284 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
230.19 KB
Ko'rishlar soni
284 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: docx