Suvning ion ko'paytmasi Suv ham kuchsiz elektrolitlarga kiradi. Suv molekulasi oz bo'lsada ionlarga dissotsilanadi: H2O H++OH- Suv uchun dissotsiyalanish konstantasining qiymati yozilsa: [H+]*[OH-] Kd= -- = 1,8*10-16 (200S da) [ H2O] Agar shu qiymat asosida [H+]*[OH-] ko'paytma topilsa, u suvning ion ko'paytmasi deyiladi. Kw= [H+]*[OH-]= Kd*[H2O]= 1,8*10-16*10018= 1*10-14 Kw - suvning ion ko'paytmasi ; Kd= 1,8*10-16 Agar eritmada vodorod va gidroqsil ionlari konsentratsiyasi teng [H+] =[OH-] bo'lsa muhit neytral hisoblanadi. Bunda [H+]= [OH-] = 10-7 moll ga teng bo'ladi. Agar muhit kislotali bo'lsa vodorod ionlari konsentratsiyasi gidroqsil ionlari konsentratsiyasidan dan katta bo'lib [H+] 10-7 bo'ladi. Agar muhit ishqoriy bo'lsa vodorod ionlari konsentratsiyasi gidroqsil ionlari konsentratsiyasidan kichik bo'lib, [H+] 10-7 bo'ladi. Lekin vodorod ionlari konsentratsiyasi orqali hisoblashlarda juda kichik sonlar ishlatilgani uchun bunday hisoblar anchagina qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. Hisoblashlarni osonlashtirish uchun vodorod ko'rsatkich yoki pH qabul qilingan. Vodorod ko'rsatkich yoki pH deb , vodorod ionlari konsentratsiyasining teskari ishora bilan olingan o'nli logarifmi tushuniladi. pH = - lg [H+] Shunga o'xshash pOH= - lg [OH-] Toza suvning pH qiymati pH= - lg[10-7]= -( -7) lg 10= 7 ga teng. Hisoblashlarga ko'ra kislotali muhit uchun pH qiymati 0 dan 7 gacha o'zgaradi. Ishqoriy muhitda esa pH qiymati 7 dan 14 gacha bo'lgan sonlarni qabul qiladi. [H+]*[OH-]= 10-14 qiymat logarifmlansa , unda pH + pOH = 14 ga teng. Oxirgi tenglama pH ma'lum bo'lsa pOH ni yoki teskarisini topishga imkon beradi. ...
![Suvning ion ko'paytmasi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.3 KB
Ko'rishlar soni
483 marta
Ko'chirishlar soni
82 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.3 KB
Ko'rishlar soni
483 marta
Ko'chirishlar soni
82 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:15 ]
Arxiv ichida: docx