Suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari [info-referat]

Suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari. Тabiatda ximiyaviy toza suv deyarli uchramaydi, uni faqat laboratoriya sharoitida hosil qilish mumkin. Bunday suv rangsiz va hidsiz bo'lib, mazasiz bo'ladi. Тabiatdagi suv tarkibida doimo ma'lum miqdorda erigan moddalar bo'ladi. Suv vodorod bilan kislorodning eng oddiy birikmasidan (N2O) iborat bo'lib, o'ziga xos bir qancha xossalarga egadir. Bu xossalar suvning tuzilish xususiyatlari bilan aniqlanib, u esa o'z navbatida suv molekulasining qanday birikkanligiga bog'liqdir. Suv molekulasida og'irlik bo'yicha 11,11 foizi vodorod va 88,89 foizi kislorod bo'lib, u 2 atom vodorod va 1 atom kisloroddan iborat bo'ladi. Molekula teng tomonli uchburchak ko'rinishida bo'lib, uning 105 gradusli cho'qqisida kislorod atomi, asosida esa 1 ta dan vodorod atomi joylashgandir. Suvdagi barcha molekulalar ham bir xil atom og'irligiga ega bo'lmaydi. Odatdagi suv molekulalarining atom og'irligi 18 ga teng bo'lsa, ba'zilariniki 19; 20; 21 va hatto 22 ga teng bo'ladi. Bunga sabab atom og'irligi 16 ga teng bo'lgan kisloroddan tashqari atom birligi 18 va 19 li kislorod va atom og'irligi 1 bo'lgan vodoroddan tashqari atom birligi 2 va 3 li vodorod atomlari ham bo'ladi. Shunday bir xil elementning og'irroq atomlari izotoplar deyiladi. Murakkab tajribalar natijasida, laboratoriya sharoitida, tarkibida vodorod va kislorod izotoplari bo'lgan suv yaratilgan, bunday suv og'ir suv deyiladi. Bu suv oddiy suvdan farqliroq tabiiy xususiyatlarga ega bo'ladi. Тoza holdagi, tarkibi bo'lgan og'ir suv Q200 S haroratda 1,1056 zichlikka(odatdagisi 0,9982), muzlash harorati-3,8 gradus, qaynash harorati Q101,42 gradus bo'ladi. Bunday og'ir suvda baliq qisqa vaqt ham yashay olmaydi. Bug'simon ko'rinishdagi suv asosan N2O ifodasiga ega bo'lgan oddiy molekulalardan iborat bo'ladi. Oddiy, boshqa molekulalar bilan birlashmagan N2O molekula gidrol deb ataladi. Ikki oddiy molekulalar birlashgan birikma (N2O)2­digidrol deb, uch molekulalisi (N2O)3 esa trigidrol deyiladi. Suyuq holatdagi suv gidrol, digidrol va trigidrollarning aralashmasidan iborat bo'ladi. Suvning harorati o'zgarishi bilan oddiy va birikmalarga birlashgan molekulalar nisbati ham o'zgarib turadi. Masalan, muz asosan trigidrol molekulalaridan iborat bo'ladi. Suvning xossasidagi ba'zi anomal o'zgarishlar muzning shunday strukturasi bilan bog'liqdir. Suvning zichligi deb, hajm birligidagi suv massasiga aytiladi. Suv Q40 S haroratda eng katta zichlikka ega bo'ladi, undan katta va kichik haroratlarda esa zichlik kamayadi. Muzning zichligi suvnikidan kamdir. Shu tufayli muz parchasi suv yuzasida cho'kmay turadi. Suv betidagi muz qoplami issiq­sovuqni yomon o'tkazadi. Natijada pastki qatlamlardagi suv muzlamaydi. Bu esa suv havzasidagi tirik organizmlarni qirilib ketishdan saqlaydi. Suv ko'pgina xossalari bilan boshqa qattiq va suyuq moddalardan farq qiladi. U yengil, harakatchan suyuqlik bo'lib, o'zi quyilgan jism shaklini erkin qabul qiladi. Suv qisilish ta'siriga katta qarshilik ko'rsatib, yuqori bosimga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.54 KB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.54 KB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga