Uglevodlar. Mono, di, polisaxaridlar Reja: Tabiatda tarqalishi va fizik xossalari Tuzilishi va kimyoviy xossalari. Uglevodlarning olinishi va ishlatilishi Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan bo'lib, tirik organizmlarda sodir bo'ladigan biologik jarayonlarda katta ahamiyatga ega. Ular organic birikmalarning muhim sinfining qadimgi nomi bo'lib, kimyoviy tabiatiga ko'ra oksialdegidlar va okseketonlardan iborat. Uglevodlar uglerod, vodorod va kislorodning nisbati huddi suv molekulasidagiga o'xshaydi, ya'ni ikki atom vodorodga bir atom kislorod to'g'ri keladi. Uglevodlarning umumiy formulasi Cn(H2O)m bilan ifodalanadi. Ular huddi uglerod va suvdan iboratga o'xshaydi. Shuning uchun ham uglevodlar deb atala boshlangan. Birinchi marta bu nomni K.Shmidt taklif etgan. Uglevodlarning ba'zi vakillari glukoza C6H12O6, ksiloza C6H10O5, saxaroza C12H22O11 va kraxmal (C6H10O5) yuqoridagi umumiy formulaga mos keladi. Tarkibi bu umumiy formulaga to'g'ri kelmaydigan, lekin uglevodlar sinfiga kiradigan birikmalar ham ma'lum. masalan, ramnoza C6H12O5, metilgeksoza C7H14O6 va boshqalar. Tarkibi uglevodlarning umumiy formulasiga mos keladigan, lekin xossalari mos kelmaydigan moddalar ham borligi aniqlangan. Masalan, chumoli aldegid CH2O, sirka kislota C2H4)2 va boshqalar. Uglevodlar sinfiga uzum shakari (glukoza), meva shakari (fruktoza), qamish shakari yoki qandlavlagi shakari (saxaroza), sut shakari (laktoza), solod shakari (maltoza), tabiatda keng tarqalgan polisaxaridlar (kraxmal va selluloza) kiradi. Demak, uglevodlar monosaxaridlarni, suningdek, monosaxarid molekulalarning bir-biri bilan kondensatlanish mahsulotlari-disaxaridlar va polisaxaridlarni o'z ichiga oladi. Monosaxaridlar Monosaxaridlar molekulalarida uchtadan o'ntagacha uglerod atomlari bo'lishi mumkin. Monosaxaridlar vakillarining nomi uglerod atomlari sonining lotincha nomiga oza qo'shimchasini qo'shib o'qiladi. Masalan, C3H12O3 trioza, C5H10O5 pentoza, C6H12O6 geksoza, C7H14O8 oktoza, C9H18O9 nonoza. Aldegid gruppasiga ega bo'lgan monosaxaridlar aldozalar, keton gruppasiga ega bo'lganlari esa ketozalar deb ataladi. Tabiatda asosan, molekulasidagi uglerod atomlarining soni bo'yicha bir-biridan farq qiladigan ikki xil monosaxaridlar: pentozalar molekulasida beshta uglerod atomi bo'lgan, geksozalar -molekulasida oltita uglerod atomi bo'lgan monosaxaridlar uchraydi. Ular tarkibida aldegid yoki keton gruppa borligiga qarab algeksozalar (masalan, glukoza, fruktoza, sorboza), aldepintozalarga (masalan, riboza, ksiloza) bo'linadi. Ketopentozalar ham ma'lum, lekin ular tabiatda kam tarqalgan. Pentozalar C5H10O5 tabiatda, asosan, polisaxarid pentozalar holida uchraydi. Ular pectin moddalari, o'simlik va daraxt yelimi (masalan, gummiarabik) tarkibiga kiradi. O'simlik hujayralari qobig'ida selluloza bilan birgalikda tuzilishi unga juda yaqin bo'lgan gemisellulozalar bo'ladi. Gemisellulozalar geksozanlar (C6H10O5)n va pentozalarga (C5H8O4)n bo'linadi. Pentozanlar yog'ochga (ignabargli daraxtlar tarkibida -22-27% pentozon bor), xashakda (10-15%), somonda, urug'lar qobig'ida, kungaboqar po'chogida uchraydi. Pentozanlar gidroliz qilinsa, pentozalar hosil bo'ladi. (C5H8O4)n + nH2O → nC5H10O5 pentozan pentoza Sazaroza. Tabiatda tarqalishi va fizik xossalari Sazaroza ko'pgina o'zimliklarda -qayin shirasida, sabzida, qovunda, shaftoli, nok, an'anas tarkibida bo'ladi. Qandlavlagida saxaroza miqdori 29% gacha, shakarqamishda 14-16% bo'ladi. Saxaroza odtdagi shakar tarzida yaxshi ma'lum. u shirin ta'mli, rangsiz kristall ...
![Uglevodlar, Mono, Di, polisaxaridlar [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.62 KB
Ko'rishlar soni
299 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.62 KB
Ko'rishlar soni
299 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: doc