Uglevodorodlar, To'yingan uglevodorodlar, Alkanlar, Sikloalkanlar [info-referat]

Uglevodorodlar, To'yingan uglevodorodlar, Alkanlar, Sikloalkanlar [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Uglevodorodlar, To'yingan uglevodorodlar, Alkanlar, Sikloalkanlar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Uglevodorodlar, To'yingan uglevodorodlar. Siklo alkanlar Alkanlar, Sikloalkanlar. R E J A: Uglevodorodlarning toifalanishi Organik kimyoda Alkanlarning tutgan o'rni Alkanlarning gruppalari Alkanlarning hossalari Tarkibi faqat uglerod va vodoroddan iborat bo'lgan organic birikmalar uglevodorodlar deyiladi. Uglevodorodlar alifatik birikmalar qatori ( toqyingan , to'yinmagan) , siklik birikma ( sikloparafinlar ) va aromatic uglevodorodlarga bo'linadi.Organik modda molekulasidagi uglerod atomlari o'zaro oddiy bog' (d) bilan bog'lanib, qolgan valentliklari vodorod atomlari bilan to'yingan bo'lsa, to'yingan uglevodorodlar deyiladi. To'yingan uglevodorodlarda uglerod atomlari sp3-gibridlangan holatda bo'ladi va uglerod-uglerod, uglerod-vodorod atomlari o'zaro kovalent bog' hosil qilib, ularning elektron buluti, atomlarning bog'lanish o'qlari bilan bir chiziqda joylashadi. Bunday bog'lanish turlari oddiy bog'lanish deb d-sigma bilan ifodalanadi. Elektron zichlikning asosiy massasi atom yadrolari o'rtasida kichik masofada joylashgani uchun oddiy bog' juda mustahkam bo'ladi. Bu uglevodorodlarlarning birinchi vakili metan. Metandagi to'rtta vodorod atomining birini - CH3 gruppaga almashtirsak, alkanlarning ikkinchi vakili - etan hosil bo'ladi. Vodorod atomini metil gruppaga almashtirishni davom ettirsak, kimyoviy tuzilishi jihatidan o'zaro o'xshash, tarkibi bir-biridan CH2 gruppaga farq qiladigan birikmalar gomologlar hosil bo'ladi. Gomologlar gruppasi gomologik qator deyilib, ular o'rtasidagi «СH2» gruppa farqi gomologik qator tafoauti deyiladi. alkanlar gomologik qatorining umumiy formulasi CnH2n+2 bilan ifodalanadi. Formuladagi n - uglerod atomining sonini ko'rsatadi. Masalan, nq5 ga teng bo'lsa, С5Р12 - pentan formulasi kelib chiqadi. To'yingan uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi tortib olinsa, bir valentli radikal hosil bo'ladi. Radikallar orqali murakkab organik moddlar nomlanadi. Radikal nomi to'yingan uglevodorod nomidagi «an» qo'shimchasi o'rniga «il» qo'shimchasini qo'shish bilan hosil bo'ladi. Izomeriyasi. Birgina uglerod elementi asosida topilgan organik birikmalar sonining 4 milliondan oshib ketishi izomeriya hodisasi bilan tushuntiriladi. Izomeriya grekcha ikki so'zdan tashkil topgan bo'lib, «isos» - teng va «meros» - qism ma'nosini bildiriladi. Demak, moddalarning umumiy formulasi bir xil bo'lib, tuzilish formulasi va fizik-kimyoviy xossalari har xil bo'lgan moddalar i z o m ye r l a r deyiladi. Organik kimyoda izomeriyaning turli tiplari uchraydi. Uglevodorodlarning tarkibi bir xil, ammo uglerod zanjirining birikish tartibi har xil bo'lgan birikmalar struktura izomerlarga ega bo'ladi. To'yingan uglevodorodlarda bu tip izomeriya butandan boshlanadi. Uglerod atomlari o'zaro birikib to'g'ri zanjir hosil qiladi, normal (n), tarmoqlangan bo'lsa izo-birikmalar deyiladi. Uglerod atomining soni oshgan sari, izomerlar soni juda tez o'sib boradi. Masalan, pentanda 3 ta, geksanda 5 ta, geptanda 9 ta, oktanda 18 ta, nonanda 35 ta dekanda 75 ta izomer bor. Nomenklaturasi. Organik birikmalarning ko'plab kashf etilishi natijasida ko'pchilik organik moddalarga trivial (tasodifiy) nomlar berilgan. Masalan, to'yingan uglevodorodlarning birinchi to'rtta vakiliga metan, etan, propan, butan deb, tasodifiy nom ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.91 KB
Ko'rishlar soni 326 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.91 KB
Ko'rishlar soni 326 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga