Xlorid kislota ishlab chiqarish. Xlorid kislota, NS1 - bir asos li kuchli kislota; vodorod xloridning suvdagi eritmasi. Rangsiz tiniq suyuqlik, vodorod xlorid hidi keladi; Xlorid kislotaning maksimal konsentratsiyasi 36% dan oshmaydi; bunday konsentratsiyadagi eritmaning zichligi 1180 kgm3, u havoda tutaydi. 16-a.ning oxirida Xlorid kislota osh tuzini temir kuporosi bilan qizdirib olingan. 17-a. o'rtalarida nemis kimyogari I. Glauber NaCl ga H2SO4 ta'sir ettirib Xlorid kislota olgan. Sanoatda Xlorid kislota S12 va N2 ni biriktirish yo'li bilan olinadi. Organik birikmalarni xlorlashda yonaki mahsulot sifatida ko'p miqdorda NS1 hosil bo'ladi. 24% va undan ortiq NS1 bo'lsa, konsentrlangan kislota deyiladi. Xlorid kislota kuchli kislota; u suvdagi eritmasida N+ va S1~ ionlarga to'la dissotsilanadi. Xlorid kislota turli metall xloridlari va xlorli organik mahsulotlar olishda, metallar sirtiga ishlov berishda, turli xil idishlarni, burg'ilash trubalarini karbonatlar, oksidlar va boshqalardan tozalashda, metallurgiyada rudalarga ishlov berishda, ko'nchilik sanoatida terini oshlashda, lab.da ishlatiladi. Xlorid kislota shisha ballonlarda yoki ichiga rezina qoplangan metall idishlarda saqlanadi va tashiladi. Gazsimon NS1 - zaharli, o'tkir xidli rangsiz gaz; havoda tutaydi. Kaynash trasi - 84,8°, zichligi 1640 kgm3. Suvda juda yaxshi eriydi. Xlorid kislota va organik birikmalarning xlorli hosilalarini i.ch.da qo'llanadi. U kishiga uzoq, vaqt ta'sir etganda nafas yo'llarining yallig'lanishiga, tishning va me'daichak faoliyatining buzilishiga sabab bo'ladi. Konsentrlangan NS1 bilan ishlaganda protivogaz, rezina qo'lqop, poyabzal va fartuk kiyish, ko'zoynak taqish kerak. Me'da shirasida 0,3% gacha Xlorid kislota bo'ladi, u ovqat hazm bo'lishiga va kasal qo'zg'atuvchi bakteriyalarni o'ldirishga yordam beradi. Tibbiyotda me'da shirasida kislota yetishmaganda buyuriladi. Xlorid kislota-HCl bu kislota rangsiz, o'tkir hidli bu kislotadan doimo vodorod xlorid molekulalari uchib chiqib turgani sababli tutovchi kislota ham deyiladi. Xlorid kislota oshqozon shirasining tarkibiy qismlaridan bo'lib, ovqat hazm qilish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Agar oshqozonda ko'paysa j'ig'ildon qaynashi sodir bo'ladi. Xlorid kislota xalq xojaligida juda ko'p sohalarda ishlatiladi. Metallarni xurishlash Xloridlar olish Tibiyotda dori darmonlar ishlab chiqarish Bo'yoq ishlab chiqarish Plastmasalar ishlab chiqarish Nitrat kislota-HNO3 bu kislota suvdan 1,5 barobar og'ir, rangsiz suyuqlik bo'lib, xlorid kislotaga o'xshab havoda tutaydi.Konsentratsiyasi yuqori bo'lgan kislota eritmasi odiy yorug'lik ta'sirida nitrat kislotaning parchalanishidan hosil bo'lgan NO2 ning kislota eritmasida erib, uni qo'g'ir rangga bo'yashi sababli ko'pincha bu kislota rangli degan xato xulosaga olib keladi. Bu noto'g'ri. Konsentrlangan sovuq nitrat kislota Fe, Cr va Al yuzasini passivlashtirib qo'yganligi sababli bu metallardan tayorlangan idishlarda saqlanishi mumkin. Nitrat kislota xalq xo'jaligida juda ko'p sohalarda ishlatiladi: Azotli o'g'itlar ishlab chiqarishda Organik azotli birikmalar ishlab chiqarishda Tibbiyotda dori -darmonlar ishlab chiqarishda Bo'yoq, portlovchi modular ishlab chiqarishda Nitroza ...
![Xlorid kislota ishlab chiqarish [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
303 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
303 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:22 ]
Arxiv ichida: docx