Xlorning kislorodli birikmalari Xlor kislorod bilan bevosita birikmaydi, lekin uning qator oksidlari bor: Cl2O, ClO2, ClO3 va Cl2O7. Xlor(I) oksidi- Cl2O, sarg'ish qo'ng'ir gaz (qayn. harorati +3,8oS, qotish harorati -116oS). Saqlansa portlaydi, beqaror modda. Cl2O - qutbli molekula. Qizdirilganda, suyuq holatda kuydirilganda portlaydi: 2Cl2O = 2Cl2 + O2 Cl2O ning suvda erishida gipoxlorit kislota hosil bo'ladi: Cl2O+H2O= 2HClO Gipoxlorit kislota juda kuchsiz kislota (K=5*10-8). Kislota beqaror bo'lgani uchun parchalanib atomar kislorod ajratadi: HClO= HCl+O Gipoxloritlar xona haroratida ishqorlar eiitmasidan xlor o'tkazish orqali olinadi: 2NaOH+Cl2= NaCl + NaClO+H2O Cl2O kuchli oksidlovchi: S + 2Cl2O = 2Cl2 + SO2 Disproporsiyalanish reaksiyasiga kirishadi: 3Cl2O + 6NaОН = 4NaCl + 2NaClO3 + 3H2O HClO va uning tuzlarii oksidlovchilar hisoblanadi. Ular ishqoriy sharoitda РbO va МnO2 bilan oson ta'sirlashadi: Agar ular oksidlovchilar bilan ta'sirlashsa qaytaruvchi: 3КСlO + 4KMnO4 + 2H2O = 4MnO2 + 3KClO3 + 4KOH Gipoxloritlar katalizatorsiz parchalanib xloratlarga aylanadi: 3КСlO = KClO3 + 2KCl 1792 y. da Parij yaqinidagi Javel degan joyda Bertole gaz holatdagi xlorni kaliy gidroksidi va kaliy karbonat eritmasidan o'tkazib, quyidagi moddalarni oldi: 2КОН + Сl2 = КСl + KClO + H2O Cl2 + 2K2CO3 + H2O = KClO + KCl + 2KHCO3 Bu aralashma javel suvi deyiladi. Ca(OH)2 dan Cl2 o'tkazilsa xlorli ohak hosil bo'ladi. Са(ОН)2 + Cl2 = CaClOCl + H2O CaClOCl ning parchalanish mexanizmi: СаClOCl + CO2 = CaCO3 + Cl2 Hosil bo'lgan xlor bakteriyalarni o'ldiradi. 2СaClOCl + H2O + CO2 = CaCl2 + CaCO3+ 2HClO HClO ning parchalanishidan atomar kislorod hosil b'ladi: HClO → HCl + O Cl2O ni olish uchun simob(II) oksidiga xlor ta'sir ettiriladi: 2Сl2 + HgO = HgCl2 + Cl2O Xlor (IV) oksid. Xlor(1Y) oksidi - ClO2. O'tkir hidli, sarg'ish- yashil rangli, saqlansa o'z-o'zidan portlaydigan gaz (qayn. harorati 11 oS, qotish harorati -59 oS). ClO2 to'g'ri keladigan kislota yo'q. Agar ClO2suvda eritilsa xlorot va xlorat kislotalar aralashmasi hosil bo'ladi: 2ClO2+H2O= HClO2+HClO3 Ishqorlar ishtirokida ClO2 ni erishidan xloritlar va xloratlar hosil bo'ladi: 2ClO2+2NaOH= NaClO2+NaClO3+H2O ClO2 ni olish uchun natriy xloratga sulfat kislota ishtirokida oltingugurt(IY) oksidi ta'sir ettiriladi: 2NaClO3+SO2+H2SO4= 2NaHSO4 +2ClO2 ClO2 kuchli oksidlovchi bo'lgani uchun gazlamalarni oqartirishda ishlatiladi. Xlorat kislota parchalanganda ClO2 hosil bo'ladi: 3HClO3 = 2ClO2 + H2O + HClO4 ClO2 - juda kuchli oksidlovchi, masalan fosforni ortofosfat kislotagacha oksidlaydi : Р + СlO2 + 2H2O = H3PO4 + HCl NaClO2 - oqartaruvchi modda sifatida ishlatiladi. Kir yuvish kukunlariga qo'shiladi.Og'ir metallarning xloritlari urilganda yoki qizdirilganda portlaydi. Xlorit kislotaga to'g'ri keladigan angidridi Cl2O3 mavjud ...
![Xlorning kislorodli birikmalari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.8 KB
Ko'rishlar soni
612 marta
Ko'chirishlar soni
90 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.8 KB
Ko'rishlar soni
612 marta
Ko'chirishlar soni
90 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:22 ]
Arxiv ichida: docx