Yadro reaksiyalari [info-referat]

Yadro reaksiyalari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Yadro reaksiyalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Yadro reaksiyalari Atom yadrolarida bo'ladigan o'zgarishlar va yadrolarda ketadigan reaksiyalarni yadro kimyosi o'rganadi. Yadro reaksiyalarida atomning yadrosida protonlar va neytronlarning qayta taqsimlanishi natijasida yangi kimyoviy elementlar hosil boladi. Hozirgi paytda yadro reaksiyalari yordamida davriy jadvaldagi deyarli har qanday elementning radioaktiv izotoplarini olish mumkin. Atomning yadrosiga neytronlar, protonlar, deytronlar, a- zarrachalar yoki boshqa element yadrolarini ta'sir etish natijasida yadro reaksiyalari amalga oshiriladi.Yadro reaksiyalari amalga oshihi uchun ta'sir etuvchi zarrachalar juda katta energiya va tezlikka ega bo'lishi kerak. Atomning yadrosi biror bir zarrachani biriktirganda va yangi yadro hosil bo'lganda uning yashash davri 10-7 sek. atrofida bo'ladi. Bu yangi yadro o'z navbatida atrofga elementar zarrachalar tarqatib, yangi va engilroq yadroga aylanishi yoki biror kimyoviy elementni hosil qilishi mumkin. Yadro reaksiyalari birinchi marta 1919 yilda E.Rezerfird tomonidan amalga oshirilgan. U 714N elementini geliy bilan ta'sirlashtirib 817O elementini sintez gilgan edi: 714N+ 24 11H+817O yoki 714 N (, 11H)817O Og'ir metallarning atomlarini juda katta energiyali tez harakat qiluvchi zarrachalar oqimi bilan bombardimon qilish orqali qator yangi elementlar kashf etilgan. Agar uran tezlashtirilgan neytronlar bilan bombardimon qilingansa 93- element neptuniy hosil bo'ladi. Bu yerda ketme-ket bir necha yadro reaksiyasi sodir bo'ladi.1939 yilda issiq neytronlar ta'sirida uran yadrosining bo'linish reaksiyasi amalga oshirilgan: 92235U +o1n  3692Kr+56141 Ba + 2o1n Og'ir yadrolarni o'z-o'zidan ikkiga bo'linishi (ba'zan uch yoki to'rtga) ikki xil yangi yadrolar paydo bo'lishiga olib keladi. Yadrolarning bo'linishi nihoyatda katta energiya chiqishi bilan amalga oshadi. Yuqoridagi reaksiyada 200 MeV energiya ajraladi. Bu energiya qiymati 19,2*109 kJmol ga teng yoki bu energiya qiymati 2 million kg yuqori sifatli tosh ko'mir yonganida chiqadigan energiyaga teng. Yadro reaksiyalarida bir sarflangan neytrondan yadro reaksiyasida ikki yoki uchta yangi neytronlar hosil bo'lib, ular o'z navbatida zanjir reaksiyasini yuzaga kelishiga sababchi bo'ladi. Bunda juda kuchli portlash sodir bo'lib atom bombasining ta'siri ana shu holatga asoslangan. Uran va plutoniyning boshqariladigan yadro reaksiyalarini amalga oshirish asosida yadro reaktorlari ishlaydi. Yangi energiya manbalarini izlash bo'yicha boshqariladigan termoyadro reaksiyalari ham juda katta amaliy ahamiyatga ega.Termoyadro reaksiyalari juda yuqori haroratda 107 K da boradi. Bu reksiyada vodorod yadrosidan geliy yadrosining sintezi kuzatilib: 411H  24He + 2+ Termoyadro reaksiyalarida ham juda katta energiya ajralib chiqadi, uni qiymati 1 g vodorodga nisbatan 6,87 MeV yoki 644 million kJmol qiymatga ega. Bu qiymat yuqori sifatli tosh ko'mir yonganda chiqadigan energiyadan 15 million marta ko'pdir. Yadro raeksiyalari asosida olingan birinchi kimyoviy element texnisiy hisoblanadi. Uni olis1hi uchun molibdenga deytronlar ta'sir ettirilgan: 4298Mo+12 H  4392Tc +01n yoki 4298Mo (D,n) 4399Tc Keyinchalik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.15 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.15 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga