Zamonaviy muammolarni hal etishda kimyo fanining o'rni [info-referat]

Zamonaviy muammolarni hal etishda kimyo fanining o'rni [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Zamonaviy muammolarni hal etishda kimyo fanining o'rni [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy muammolarni hal etishda kimyo fanining o'rni O'zbekiston Respublikasi kimyo sanoati keng rivojlangan mamlakatlar qatoridan biridir. Agar bizda oziq-ovqat, to'qimacihlik, teri ishlab chiqarish, kimyoviy o'g'itlar, sintetik yuvish vositalari, neft, metallurgiya, gazni qayta ishlash sanoatlarining barchasi kimyoviy sanoat bilan chambar-chas bog'liqligini hisobga olsak, kimyoviy moddalar ishlab chiqarish va ularni sanoat miqyosida turli sohalarga yetkazib berish qanchalik muhimligini his etish mumkin. Yuqoridagilarga yana bir juda muhim sohani qo'shish mumkin. Bu soha dori- darmonlar va ular asosidagi yordamchi moddalarni ishlab chiqarish va sanoat maqsadlari uchun foydalanishdir. Dori-darmonlar ishlab chiqarishni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish va amalga oshirish uchun kimyo fanini chuqur egallagan yosh mutaxassislar kerak bo'ladi. Ular kimyo fani va kimyoviy texnologiyani zamonaviy talab darajasida egallagan bo'lishlari kerak. Fan va texnika taraqqiyoti davrida kimyo sanoati va dori darmonlar ishlab chiqarish muammolari o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lib quyidagilarni e'tiborga olish zarur: -yangi oziq -ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning samaradorligini oshirish. Oxirgi paytlarda mamlakatimizda qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash keng ko'lamda e'tibor berilmoqda. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda konservantlar, bo'yoq moddalari, biologik faol qo'shimchalar, mikroelementlar va boshqalar kerak bo'ladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yangi, tezkor va samarali sifat nazoratini tashkil etish esa yanada muhim vazifa hisoblanadi. - dori-darmonlar ishlab-chiqarishda yangi kimyoviy moddalar va materiallardan foydalanish, hamda ularni imkoni boricha mahalliy xom ashyo zahiralariga almashtirish. Dori-darmonlar olishda keng ko'lamda kimyoviy moddalar ishlatiladi. Bu kimyoviy moddalarning ichidan bezararlarini, yuqori samaradorligini va mahalliy xom ashyo zahiralari borlarini izlab topish amaliy jihatdan juda dolzarb. Bu sohada Respublikamizning boy tabbiiy va mineral manbalari e'tiborga olinsa ishlar ko'lami kengligi va zarurligi ko'rinadi. -yangi dorivor moddalar olishning tabiiy manbalaridan keng foydalanish. O'zbekistonning juda katta hayvonot va o'simliklar tabiiy zahirasiga ega ekanligi bu sohada dorishunoslar va kimyogarlar hali juda katta ishlarni amalga oshirishi kerakligini ko'rsatadi. O'simlik va hayvonot dunyosidan biofaol moddalar ajratib olish, ulardan yangi sintezlarni amalga oshirish, turli tarkibiy qismlarga ajratish, ularning ichidan samaradorlarini izlab topish va faolligini baholash katta ahamiyatga ega. - dori-darmonlar ishlab chiqarish va mahalliy kimyo sanoatining jadal rivojlanishi toza suv ishlab chiqarish, yer osti boyliklaridan to'g'ri foydalanish va eng muhimi ishlatilgan suvning tozalash muammolarini yuzaga keltiradi. Kimyo va farmatsevtika sanoatining kengayishi bilan mahalliy kichik korxonalarning soni borgan sari ortib bormoqda. Bu korxonalarning har biri toza suvdan foydalanadi va ma'lum oqava suv chuqindilari ishlab chiqazadi. Korxonalar chiqindi suvlarini tozalash va iloji boricha aylanma suvdan foydalanish juda muhim vazifalardandir. Keyingi paytlarda metallar, brom, yod, o'gitlar olishda yer osti suvlaridan keng foydalanilmoqda. Shuning uchun han toza suv ishlab chiqarish va oqava suvlardan o'qilona ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.89 KB
Ko'rishlar soni 364 marta
Ko'chirishlar soni 53 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.89 KB
Ko'rishlar soni 364 marta
Ko'chirishlar soni 53 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga