Elektron biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari

Elektron biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari

O'quvchilarga / Menejment va marketing
Elektron biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari - rasmi

Material tavsifi

1. Elektron biznes nima. 2. Elektron biznesni rivojlantirishi. 3. Elektron biznes tizimi xo'jalik. 1. Elektron tijoratni rivojlantirishning dolzarb masalalari 2. Elektron tijoratdagi biznes modellar

ELEKTRON BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY JIHATLARI Reja 1. Elektron tijoratni rivojlantirishning dolzarb masalalari 2.Elektron tijoratdagi biznes modellar Istiqlol yillarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda sun'iy to'siqlarni oldini olish maqsadida samarali tadbirlar amalga oshirildi. Qayd etish lozimki, zamon talablariga mos ravishda kun sayin yangilanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida savdo va xizmat ko'rsatish turlarining keng joriy etilishi - qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish bilan birga, biznesni rivojlantirishda ham muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda O'zbekistonda davlat organlari va xo'jalik subyektlari, shuningdek, aholining kundalik faoliyatiga axborot-texnologiyalarining keng tatbiq etish masalalariga alohida e'tibor qaratilib davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biriga aylangan. Shubhasiz, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda ular orqali ko'rsatiladigan xizmatlarni samarali tatbiq etish ijtimoiy-iqtisodiy sohaning barcha jabhalarini, shu jumladan, biznesni rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Shu sababli O'zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi mamlakat biznesi tomonidan tegishli texnologiyalarni nafaqat tashqi, balki ichki bozorlarda ham joriy etilishini taqozo etadi. Ta'kidlash joizki, elektron tijoratni rivojlantirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlarning ajralmas bo'lagi hisoblanadi. Ayni paytda O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to'g'risida»gi, «Elektron to'lovlar to'g'risida»gi, «Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi Qonunlari mazkur yo'nalishdagi islohotlarni amalga oshirishning muhim asosi sifatida xizmat qilmoqda. Elektron tijorat sohasining bugungi rivojlanish bosqichi Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 2015-yilda «Elektron tijorat to'g'risida»gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bilan bevosita bog'liqdir. Qonunning qabul qilinishi elektron tijoratning texnologik va telekommunikatsion rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatish bilan birga, mahalliy xo'jalik subyektlarining samarali faoliyati uchun qulay sharoit yaratish borasidagi tizimli ishlarning takomillashuviga olib keldi. Qonun qabul qilinishi bilan elektron tijoratning kelgusidagi istiqboliga bog'liq huquqiy asoslarni takomillashtirish borasida bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, hukumat qaroriga asosan o'rtacha muddatli istiqbolda elektron tijoratni rivojlantirish, raqobat muhitini kengaytirish, yangi infratuzilma o'sishining va qo'shimcha ish o'rinlari yaratish yo'llari, shakllarini belgilashning, shuningdek, elektron tijorat to'g'risidagi Qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishning asosiy yo'nalishlarini belgilovchi «2016-2018 yillar davrida O'zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi» qabul qilindi. Ushbu hujjatda mamlakatimizda elektron tijoratni yanada rivojlantirish maqsadida elektron tijorat infratuzilmasini, shu jumladan, telekommunikatsiyalar tarmog'ini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash, tovar aylanmasini, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirish, iste'mol bozori talabiga muvofiq ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish, integratsiyalashtirilgan savdo va marketing platformalarini, internet-magazinlarni, yanada takomillashtirilgan to'lov tizimlarini, shuningdek, elektron tijoratda logistika tizimini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, xalqaro standartlarga yo'naltirilgan holda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilangan. So'nggi yillarda mamlakatimizda davlat siyosati darajasida olib borilgan tizimli va tadrijiy chora-tadbirlar natijasida davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, jismoniy shaxslar va tijorat banklari o'rtasida tezkor aloqa o'rnatilib, masofaviy boshqaruv orqali bank ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 300.38 KB
Ko'rishlar soni 295 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 300.38 KB
Ko'rishlar soni 295 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga