Internet marketingni rejalashtirish strategiyasi

Internet marketingni rejalashtirish strategiyasi

O'quvchilarga / Menejment va marketing
Internet marketingni rejalashtirish strategiyasi - rasmi

Material tavsifi

1. Internet – marketingni rejalashtirish strategiyasi 2. Elektron biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari 3. Strategiyani yaratishda e'tiborga olinadigan narsalar 1. Strategik rejalashtirish 2. Pims 3. Marketing nazorati 4. Strategik marketingni rejalashtirish va uning bosqichlari

Internet- marketingni rejalashtirish strategiyasi Reja Internet - marketingni rejalashtirish strategiyasi Elektron biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari Strategiyani yaratishda e'tiborga olinadigan narsalar Internet - marketingni rejalashtirish strategiyasining asosiy bosqichi bo'lib, o'z oldida aniq maqsadlarni qo'yish hisoblanadi. Siz o'z Internet - biznesingiz orqali joriy yilda nimalarga erishish maqsadidasiz? Keyingi bir necha yil davomida-chi? Maqsadlar biznes-rejaning har bir jabhasi bilan bog'liq bo'lishi lozim. Internet - marketing rejasining turli xil tarkibiy qismlarini batafsilroq o'rgana boshlaganda, albatta ularga turli xil o'zgartirishlar kiritilishi aniq. Ammo bunga qaramasdan nimadandir boshlash kerak. Birinchi navbatda «maqsad» atamasi ma'nosini aniq tushunish lozim. Maqsad - bu raqamlar va vaqt oralig'i bilan ifodalangan, istaklar shakli. Maqsadni «internet - marketing to'g'risida ko'proq bilimga ega bo'lish va ozgina pul ishlash» deb belgilash noto'g'ri bo'ladi. Maqsadlar moliyaviy va nomoliyaviy turlarga ajratilgan, hamda marketing rejasining vaqt grafigi bilan muvofiqlashtirilgan bo'lishi lozim. Internet - marketing rejasi strategiyani batafsil tahlil qilishga undaydi, va biznes - konsepsiyadagi ojiz joylarga e'tibor qaratishga yordam beradi. Internet - marketing rejasi tamoyillarini izlash va yozish, o'ylash va rejalashtirishga majbur qiladi. Batafsil rejalashtirish esa - muvaffaqiyat omillaridan biridir. Internet - marketing rejasi, qisqartirilgan shaklda bo'lsa-da, tayyor bo'lgandan keyin, uni hisobchilar, iqtisodchilar yoki biror - bir boshqa mutaxassislarga ko'rsatish foydadan xoli bo'lmaydi. Rejani amalga oshirishdan oldin u to'g'risida qanchalik ko'p tanqidiy fikrlar aytilishi, rejaga o'z vaqtida tegishli o'zgartirishlarni kiritish va uni yaxshilash imkonini beradi. Internet - marketing rejasi hisob - kitoblarni olib borishda ham yordam beradi. Chunki rejaga qarab turib, o'zini - o'zi qoplash nuqtasi qaerda joylashganligini, joriy vaqtda biznesning rejaga nisbatan qaysi pog'onada turganligini bilish mumkin. Shuningdek, qo'yilgan maqsad va vazifalarni bajarishga bo'lgan rag'batlantirish yanada kuchayadi. Va nihoyat, Internet - marketing rejasi raqobatdoshlarni baholash imkonini ham beradi. Internetdagi raqobatdoshlar soni esa, istalgan bir jo'g'rofik hududdagiga nisbatan ancha ko'p. Raqobat tahlili biznesni differenstiastiyalashga imkon beradi, va u bilan boshqalardan ajralib turish va yangi xaridorlarni jalb qilish ehtimoli oshadi. Ayrim kompaniyalar faqatgina elektron tijoratga ixtisoslashgan bo'ladilar, ammo ham an'anaviy, ham Internet - biznes bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar soni ham o'sib bormoqda. Shunday ekan, biznesning ushbu ikkita turiga alohida - alohida marketing rejasini ishlab chiqish zarurmi? Bu savolga faqatgina Siz va Sizning biznesingiz javob berishi mumkin. Umuman olganda, rejalar birlashgan bo'lgani yaxshi, chunki ular baribir o'zaro kesishadi. Boshqa bir tomondan qaraganda, kompaniyaning onlayn taklifi uning an'anaviy tovar va xizmatlari taklifining bir qismini tashkil etishi mumkin. Raqobat omillari ham, marketing strategiyalari singari keskin farqlanishlari mumkin. Internet uchun marketing rejasini, umumiy marketing rejasining bir qismi sifatida, mumkin bo'lgan joylarda umumiy bo'limlardan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.3 KB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.3 KB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga