Mavzu: Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi. Natural sonlar 1 dan boshlanib biror narsalarni sanashda ishlatiladi. 1,2,3,4,5 Natural sonlar - N bilan ifodalanadi. Oxiri 0, 2, 4, 6, 8 bilan tugaydigan sonlar juft sonlar deyiladi. Oxiri 1, 3, 5, 7, 9 bilan tugaydigan sonlar toq sonlar deyiladi. BO'LINISH ALOMATLARI 2ga bo'linish alomati - sonning oxirgi raqami 2ga bo'linishi kerak (ya'ni juft son). Masalan: 52738, 1250; 3ga bo'linish alomati - sonning raqamlar yig'indisi 3ga bo'linishi kerak. Masalan: 2341245 soni 3ga bo'linadi, chunki uning raqamlari yig'indisi 21 ni tashkil etadi; 4ga bo'linish alomati - sonning oxirgi ikki raqami 4ga bo'linishi kerak. Masalan: 3971228, 1500; 5ga bo'linish alomati - sonning oxirgi raqami 5 yoki 0 bo'lishi kerak. Masalan: 532425, 2170; 6ga bo'linish alomati - son 2ga va hamda 3ga bo'linishi kerak. Masalan: 126 - raqamlar yig'indisi 9ga teng (3ga bo'linadi), juft raqam bilan tugaydi (2ga bo'linadi); 8ga bo'linish alomati - sonning oxirgi uchta raqami 8ga bo'linishi kerak. Masalan: 1200, 1120 (120 : 8 = 15); 9ga bo'linish alomati - sonning raqamlar yig'indisi 9ga bo'linishi kerak. Masalan 2880: 2 + 8 + 8 + 0 = 18. 10ga bo'linish alomati - oxirgi raqami 0 bo'lishi kerak. Masalan: 158960, 423800; 11ga bo'linish alomati - sonning juft xonadagi raqamlar yig'indisidan toq xonadagi raqamlar yig'indisining ayirmasi 11ga bo'linishi kerak. Masalan: 918082: 9 - 1 + 8 - 0 + 8 - 2 = 22. 25 ga bo'linish alomati - oxirgi ikki raqami nollar bo'lgan yoki 25 ga bo'linadigan son hosil qiladigan sonlar (ya'ni 00, 25, 50 yoki 75 bilan tugaydigan sonlar); Masalan: 2135625, 721300; Arifmetikaning asosiy teoremasi Har bir n natural son hech bo'lmaganda ikkita bo'luvchilarga ega: 1 va n. Shunday n natural sonlar mavjudki, ular 1 va n dan boshqa bo'luvchilarga ega emas. p natural son tub son deyiladi, agar p 1 va u 1 va o'zidan boshqa natural bo'luvchilarga ega bo'lmasa. 2, 3, 5, 7, 11,13,17,19,23,29,31,37,41,43,47,53,59, 61,67,71. TEOREMA. Har bir 1 ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 14:24:43
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
332 marta
Ko'chirishlar soni
137 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:51
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 14:24 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
332 marta
Ko'chirishlar soni
137 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:51 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx