I kurs. GEOMETRIYA 3-Mavzu: Sirkul va chizig'ich yordamida yasash usullari UCHBURCHAK -bir to'g'ri chiziqda yotmagan uchta nuqta va uchlari shu nuqtalarda bo'lgan uchta kesmadan yasalgan figura. Berilgan uch nuqta uchburchakning UCHLARI, kesmalar esa TOMONLARI deyiladi. UCHBURCHAKLARNI YASASH NUQTADAN TO'G'RI CHIZIQQACHA BO'LGAN MASOFA Agar C nuqtadan to'g'ri chiziqqacha CA perpendikulyar o'tkazilgan bo'lsa, bu nuqtadan o'tkazilgan qolgan to'g'ri chiziqlar OG'MA deyiladi. Ushbu o'tkazilgan perpendikulayar qolgan o'gmalardan kichik bo'ladi, chunki to'g'ri burchakli uchburchakda katet gipotenuzadan doim kichik bo'ladi. Bu perpendikulyarning uzunligi NUQTADAN TO'G'RI CHIZIQQACHA BO'LGAN MASOFAdeyilai. B a A IKKITA TOMON VA ULAR ORASIDAGI BURCHAK BO'YICHA UCHBURCHAK YASASH a va b kesmalar - yasalishi kerak bo'lgan uchburchakning tomonlari, hamda ular orasidagi α burchak berilgan. Berilganlardan foydalanib UCHBURCHAK yasash: 1. To'g'ri chiziq chizing. 2. Belgilangan A nuqtadan to'g'ri chiziqda a kesmaga teng bo'lgan kesma chizing. 3. Berilgan α burchakka teng burchakni tuzing (A burchakning uchi va uning bir tomoni to'g'ri chiziqda yotadi). 4. Burchakning boshqa tomoniga b kesmaga teng kesmani o'tkazing. 5. Kesmalarning uchlarini birlashtiring. b α a TOMON VA IKKITA BURCHAKLAR ORQALI UCHBURCHAK YASASH a kesma berilgan va ikkita α va β burchaklar beilgan. Bir tomoni berilgan kesmaga teng va bu tomonga yopishgan burchaklari berilgan burchaklarga teng UCHBURCHAK yasash: I. To'g'ri chiziq chizing. II. Tanlangan a nuqtadan to'g'ri chiziqda, berilgan kesmaga teng kesmani belgilang. II. Berilgan α ga teng burchakni belgilang (burchakning bir tomoni a kesma yotadi). IV. Berilgan β ga teng burchakni belgilang (burchakning bir tomoni a kesmada α β joylashgan). a V. Burchaklarning boshqa tomonlarining kesishish nuqtasi kerakli uchburchakning uchinchi uchi deb olinadi. UCHTA KESMA ORQALI UCHBURCHAK YASASH Uchta kesma berilgan: a, b va c, uchburchakning tomonlariga teng. Berilgan kesmalar orqali uchburchakni yasash kerak. U holda, berilgan kesmalar uchburchak tengsizligini qanoatlantirishi kerak. UCHBURCHAK tengsizligi: har bir kesmaning uzunligi boshqa ikkita kesmaning uzunligining yig'indisidan kam bo'lisihi kerak. 1. To'g'ri chiziq chizing. 2. Tanlangan A nuqtadan to'g'ri chiziqda, berilgan a kesmaga teng kesmani belgilang b c 3. a kesmaning bir uchidan b kesmaga teng radiusda aylana chizing. a 4. a kesmaning ikkinchi uchidan c kesmaga teng radiusli aylana chizing. 5. Aylanalarning kesishish nuqtasi - kerakli uchburchakning uchinchi uchi. GOMOTETIYA Eng sodda o'xshash almashtirishlardan biri GOMOTETIYAdir Aytaylik, F - shakl, O - nuqta va k - musbat son berilgan bo'lsin. F shaklning istalgan X nuqtasi orqali OX nur o'tkazamiz va bu nurda uzunligi k. OX bo'lgan OX1 kesmani qo'yamiz. Shu usul bilan F shaklning har bir X nuqtasiga X1 nuqtani mos ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 19:40:21
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:10
Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 19:40 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pdf, pptx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:10 ]
Arxiv ichida: pdf, pptx