Piramida. Kesik piramida

Piramida. Kesik piramida

O'quvchilarga / Matematika
Piramida. Kesik piramida - rasmi

Material tavsifi

Agzamxodjaeva M.Sh 10-Mavzu: Piramida. Kesik piramida PIRAMIDA haqida tushuncha Piramida deb shunday ko'pyoqqa aytiladiki, u yassi ko'pburchak - piramida asosidan, asos tekisligida yotmagan nuqta - piramida uchidan va uchni asosining nuqtalari bilan tutashtiruvchi hamma kesmalardan iborat. Piramidaning uchini asosining uchlari bilan tutashtiruvchi kesmalar piramidaning yon qirralari deyiladi. Piramidaning sirti asosidan va yon yoqlaridan iborat: Har bir yon yoq uchburchak. Uning uchlaridan biri Piramidaning uchi bo'ladi, qarshisidagi tomoni esa piramida asosining tomoni bo'ladi.Piramidaning uchidan asos tekisligiga tushirilgan perpendikulyar Piramidaning balandligi deyiladi. Piramidaning asosi n burchakdan iborat bo'lsa, u n burchakli piramida deyiladi. Uchburchakli piramida tetraedr deb ham ataladi. bu rasmda tasvirlangan piramidaning asosi A A An ko'pburchak, 1 2 piramidaning uchi S, yon qirralari SA , SA SAn, yon yoqlari 2 2, SA A , SA ,A . … . 1 2 2 3 Bundan keyin biz faqat asosida qavariq ko'pburchak bo'lgan piramidalarni qaraymiz. Bunday piramidalar qavariq ko'pyoqlar bo'ladi. Piramida va uning yassi kesimlarini yasash Parallel proyeksiyalash qoidalariga muvofiq piramidaning tasviri quyidagi tarzda yasaladi. Avval asosi yasaladi. Bu biror yassi ko'pburchak bo'ladi. Keyin piramidaning uchi belgilanadi, u yon qirralar yordamida asos uchlari bilan birlashtiriladi a)-rasmda besh burchakli piramidaning tasviri ko'rsatilgan. a-rasm Piramidaning uchi orqali o'tuvchi tekisliklar bilan kesimlari uchburchaklardan iborat (a-rasm). Xususan, diagonal kesimlar uchburchaklar bo'ladi. Bunday kesimlar piramidaning ikkita qo'shni bo'lmagan yon qirralari orqali o'tuvchi tekisliklar bilan hosil qilinadi a-rasm b-rasm (b-rasm). Piramidaning asos tekisligidagi berilgan g izli tekislik bilan kesimi ham xuddi prizmaning kesimi kabi yasaladi. Piramidaning tekislik bilan kesimini yasash uchun uning yon yoqlarini kesuvchi tekislik bilan kesishmasini yasash yetarli. Agar g izga parallel bo'lmagan yoqda kesimga tegishli bo'lgan biror A nuqta ma'lum bo'lsa, u holda avval kesuvchi tekislikdagi g izning shu yoqning tekisligi bilan kesishmasi a- rasmdagi D nuqta yasaladi. D nuqta to'g'ri chiziqdagi A nuqta bilan tutashtiriladi. U holda bu to'g'ri chiziqning yoqqa tegishli bo'lgan kesmasi bu yoqning kesuvchi tekislik bilan kesishmasidan iborat bo'ladi. Agar A nuqta g izga parallel yoqda yotsa, u holda kesuvchi tekislik bu yoqni g to'g'ri chiziqqa parallel kesma bo'yicha kesib o'tadi. Qo'shni yon yoqda o'tib, uning kesuvni tekislik bilan kesishmasi yasaladi va hokazo. Natijada piramidaning talab etilayotgan kesimi hosil bo'ladi. a-rasm b-rasm b - rasmda to'rtburchakli piramidaning asos tomoni va uning yon qirralaridan birida yotgan A nuqtadan o'tuvchi tekislik bilan kesimi yasaladi. PIRAMIDA HAQIDA TUSHUNCHA KESIK PIRAMIDA Piramidani uning asosiga parallel tekislik bilan kesganda ikkita ko'pyoq hosil bo'ladi. Ulardan biri kesik piramida deb ataladi, ikkinchisi piramida bo'lib, u kesik piramidani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.93 MB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:03 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 1.93 MB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga