Algebraik materiallarni o'rganish metodikasi

Algebraik materiallarni o'rganish metodikasi

O'quvchilarga / Matematika
Algebraik materiallarni o'rganish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Algebraik materiallarni o'rganish metodikasi Reja: Geometrik materiallarni o'rgatish metodikasi O'quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi Boshlang'ich sinflarda arifmetik materiallarni o'rganib yakunlash algebraik materiallarni va matematika simvolikani o'rganish bilan umumlashtiriladi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar alfavitni matematik simvol tarzida qo'llay boshlaydilar. Shu orqali algebraik ifoda, tenglik, tengsizlik, tenglama to'g'risida boshlang'ich ma'lumot oladilar. Bular to'g'risida ma'lumot berishning asosiy maqsadi arifmetik amallarning mohiyatini to'laroq ochish, shuningdek, keyingi sinflarda o'rganiladigan algebra fani uchun zaruriy tayyorgarlikni amalga oshirishidir. Lekin, algebraik misollarni yechish algebra qoida va qonuniyatlarga asoslanmasdan arifmetik qoidalarga asoslanadi. Masalan, 3+a=10 dan a qo'shiluvchini topish no'ma'lum komponentni topish qoidasi bilan yechiladi. Algebra materiallarini o'rganish algebraik ta'riflarga asoslanmaydi. Ma'lumki, boshlang'ich sinf dasturining asosiy mazmuni natural sonlarni og'izaki va yozma raqamlash va ular ustida 4 arifmetik amallarni bajarish malakasini berishdir. Shuning uchun 1-sinfdan boshlab sonlarni o'qish va yozish malakalari bir necha bosqichga bo'lib o'qitiladi. Masalan, 10 ichida og'zaki va yozma raqamlash, 100, 100 va ko'p xonali sonlar to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Sonli ifodalar deganda sonni biror amallar bilan birlashtirilgan yoki alohida yozilgan bir xonali, yoki ikki xonali yoki ko'p xonali sonlarni o'qish va yozishni tushunamiz. Geometrik materiallarni o'rgatish metodikasi Mavzu bo'yicha talabalarning bilim va ko'nikmalariga talablar: Har bir talaba: - I-V-sinflar uchun matematika kursi bo'yicha geometrik materiallarni o'rganish vazifalarini; - Matematika boshlang'ich kursiga kiritilgan geometrik xaraktyerdagi masalalarni hamda ularni o'rganish tartibini; - Geometrik materiallar bilan tanishuv tufayli o'zlashtirishga xizmat qiluvchi arifmetik masalalarni; - Geometrik tasovvurlarni shakllantirish metodlari va usullarini; - O'quvchilar tomonidan yechish jarayonida geometrik xaraktyerdagi masalalarni o'zlashtirib olishga xizmat qiluvchi mashqlarni ; - Geometrik materiallarni o'rganish davomida foydalaniladigan ko'rgazmali qo'llanmalar va didaktik o'yinlarni; - Geometrik mazmundagi masalalarning o'zlashtirilishini tekshirishning turlicha ko'rinishlari,shakli va usullarini bilishi kerak. Shuningdek har bir talaba: - O'qitish davomida geometrik elementlar bo'lgan arifmetik materiallarning o'zaro aloqasining tatbiq etilishini bilishi; - Geometrik tasavvurlarni shakllantirish metod va usullarini maqsad sari yo'naltirib, qo'llay olishi; - Geometriya elementlari bo'lgan mashqlarni tanlab olabilishi va maqsad sari yo'naltira olishi; - Geometrik misollarni o'rganishga xizmat qiluvchi ko'rgazmali qo'llanmalar va didaktik o'yinlardan foydalana olishi; - Geometriya elementlarini o'zlashtirishni tekshirishning turlicha ko'rinishlarini,shakl va usullarini qo'llay olishi; - Тekshiruv maqsadlariga mos sinov topshiriqlari va mustaqil ishlarni tuza olishi kerak. Geometriya materialini o'rganish metodikasining umumiy tavsifnomasi (xarakteristikasi) Geometrik material boshlang'ich sinflar uchun mustaqil bo'lim sifatida o'quv dasturiga kiritilmaydi. O'quv jarayonida geometriya elementlarini o'rganish bilan bevosita bog'lab olib boriladi. Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o'rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi o'quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi. Geometrik materiallarni o'rganish: - Geometrik figuralar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.66 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.66 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga