Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish (amaliy mashg'ulot)

Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish (amaliy mashg'ulot)

O'quvchilarga / Matematika
Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish (amaliy mashg'ulot) - rasmi

Material tavsifi

Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish (7-amaliy mashg'ulot) Тyevarak-atrof tushunchasi - keng ma'nodagi, murakkab, serqirra tushunchadir. Biz, tevarak-atrof ma'nosida, bizni o'rab turuvchi obyektiv olam xarakteristikasini anglaymiz. Biz tevarak-atrof haqidagi bilim va malakalarni egallash uchun, shuningdek uning shakli, belgilari haqida, ularning tuzilishi, balandligi, uzunligi, kengligi haqida, predmetlarning joylashuvi, ularning orasidagi masofani aniqlashdagi va belgilay olishni o'rganish uchun, tevarak-atrof haqidagi tushunchalarini yanada mustahkamlash uchun- turli tevarak-atrof kategoriyalariga murojaat qilamiz. Tevarak-atrofni chamalash, oriyentirovka qilish tushunchasi, masalasi murakkab masaladir. Tevarak-atrofii oriyentirovka qilishda turgan yoki belgilangan joy taxminga olinadi: Masalan: a) kishi tevarak - atrofni yaxshilab kuzatib O'zi turgan nuqta haqida ma'lumot bera olish; yon atrofidagi obyektni tushuntira bilishi kerak: 6) o'zi qo'yib ketgan predmet yoki insonni qayta tevarak-atrofni chamalash orqali topib kelishi yoki aniq ma'lumot bera olishi kerak; v) inson tevarak - atrofni obyektlicha tushintirayotganda, chalkashtirmay, predmetlarning bir xil yoki har xilligini tushintira olishi, shuningdek qaysi predmet qaysinisining ortida, oldida, orosida, uzoq, yaqinligi, xullas orasidagi masofa haqida to'la ma'lumot bepa olishi kerak. Tevarak-atrof haqidagi, aniq mo'ljal olishga har bir inson ega bo'lishi kerak. Bu bilimlar esa ularga yoshlikdan beriladi. Inson aktiv harakatini davom ettirishi uchun koordinatsiyani va uni mo'ljal olishni yaxshi bilishi kerak. Ko'pchilik bu usuldan faqat bir joydan ikkinchi bir joyga adashmasdan borib kelishi uchungina foydalanadi. Mo'ljal olishni aniq belgilay olish, joylarni yaxshi o'zlashtirish uchun, shu odamning eslab qolish qobiliyati, xotirasi, diqqat - e'tibori, o'ylash, esga tushirish, ko'z oldiga keltira olish kabi qobiliyatlari ancha mustahkam bo'lishi kerak. Aks holda, bu qobiliyatlari zaif odamlar oriyentirovkani yaxshi belgilay olmaydilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni kuzatishning ahamiyati. Ba'zi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hali tevarak atrofni kuzatishni, uni oriyentirovka qilishni yaxshi o'zlashtira olmagan bo'lishlari ham mumkin bo'ladi. Masalan: o'z uylariga borishni bilmaydi. Lekin, aksincha bog'da bolalar bilan u o'ynaladigan o'yinlarning kamchiligi, mashg'ulotlar va boshqa ko'pgina bolalar ijodi tevarak-atrof bilan bog'liq. Tevarak - atrofni anglashda psixofiziologik mexanizmga ham bog'liqdir, u nison ongidagi ko'rish, eshitish, so'zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg'ularining roli ahamiyatlidir. Tevarak atrofni idrok qilish biror bir mo'ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk yoshidan boshlab o'zining sezgilari orqali idrok qiladi, ya'ni tanasining tomonlari bilan mo'ljal qiladi. Bog'cha yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so'zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda- orqada, yuqoriga- pastga, chapga-o'ngra. Yosh bolada tevarak atrofni idrok qilishda bolaning shaxsiy tanasi asosiy markaz bo'lib hisoblanadi va u o'zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo'ljalga oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistema qo'shiladi. Bu nutqda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.43 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.43 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga