Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi

Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi

O'quvchilarga / Matematika
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi Reja: 1. Uqitishning metodik sistemasi (tizimi). 2. Matematika ukitish metodika fanining boshka fanlar bilan alokasi. Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 1. Matematika o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadni asoslash (Nima uchun matematika o'qitiladi, o'rgatiladi). 2. Matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o'rgatish) bir tizimga kiltirilgan bilimlar darajasini o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o'rganishda izchillik ta'minlanadi, o'quv ishlariga o'quv mashg'ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta'limning mazmuni o'quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi. 3. O'qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o'qitish kerak, ya'ni, o'quvchilar hozirgi kunda zarur bo'lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko'nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o'quv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak? 4. O'qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rsatmali, qo'llanmalar va o'quv- texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o'qitish). 5. Тa'limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta'limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish) o'qitish maqsadlari o'qitish mazmuni o'qitish shakllari o'qitish metodlari o'qitish vositalari O'qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o'ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin. Matematika o'qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani - o'zining tayanch fani bilan uzviy bog'liq. Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to'plamlar nazariyasiga tayanadi. Boshlang'ich sinflar uchun mo'ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: Rasmda nechta yuk mashinasi bo'lsa, bir qatorda shuncha katakni bo'ya, rasmda nechta avtobus bo'lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo'ya». Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko'rsatilgan to'plamlar elementlari orasida o'zaro bir qiymatli moslik o'rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. MO'M umumiy matematika metodikasiga bog'liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Boshlang'ich sinf MO'M pedagogika va yangi pedagogik texnologiya fani bilan uzviy bog'liq bo'lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. MO'M bilan pedagogika orasida ikki tomonlama bog'lanish mavjud. Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu hol matematika o'qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta'minlaydi. Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma'lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta'minlaydi. Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan oziqlanadi, undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o'z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog'liq. Boshlang'ich matematika metodikasi ta'limning boshqa fan metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o'qitish metodikasi) bilan bog'liq. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.88 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.88 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga