Mavzu: Chama son va uning yasalishi Dars maqsadi: a) ta'limiy: o'quvchilarning dona son yuzasidan bilimlarini mustahkamlash, chama son, uning yasalishi, nutqda ishlatilishi haqida BKM hosil qilish. b) tarbiyaviy: vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash. s) rivojlantiruvchi: og'zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish. Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars shakli: sayohat-musobaqa darsi Dars metodi: savol-javob, MTXT (muammo, tadqiqot, xulosa, tatbiq), test, Venn diagrammasi, telegramma. O'qitish shakli: guruhlarda va yakka tartibda ishlash Vositalar: darslik, doska, bo'r, kompyuter va videoproyektor( slaydlarni, ya'ni elektron ko'rgazmalrni namoyish etish uchun), tarqatma materiallar (baholash uchun), Vatanim videoroligi Dars rejasi: I. tashkiliy qism (3 daqiqa) 1. Guruhlarni shakllantirish. 2. Navbatchi axboroti. II. O'tgan mavzuni so'rash (10 daqiqa) 1. Kimning xati chiroyli? 2. Topgan topaloq 3. Ma'naviyat sabog'i 4. Uy vazifasini tekshirish. II. Yangi mavzuga zamin hozirlash: Tanlab ol saylanma diktanti (2 daqiqa) IV. Yangi mavzu bayoni: Bilimlar qasrini izlab…. (20 daqiqa) 1.Chama son. 2. Chama sonlarning hosil qilinishi. 3. Chama sonlar so'z birikmasi tarkibida kelishi. 4. Chama sonlarning sanoq va dona sonlardan farqi. 5. Nutqda ishlatilish o'rni va ahamiyati. V. Mustahkamlash (7 daqiqa) 1. 405-mashq 2. Boshqotirma 3. Ijod gulshani VI. Baholash (3 daqiqa) VI. Uyga vazifa I. Taskiliy qism bosqichida: 1. O'quvchilar bilan tanishilib, navbatchi axboroti tinglanadi. 2. Guruhlarni nomlash: Amir Temur, Muhammad Yusuf, Qodiriy guruhlari (Bu bu buyuk siymolar aprel oyida tavallud topganligi uchun tanlandi. O'quvchilar bu ismlarni navbat bilan aytadilar va har bir o'quvchi tegishli qatorga o'tiradi.) II. O'tgan mavzuni so'rash bosqichida: 1. Kimning xati chiroyli musobaqasi Raqamlar mo'jizasi o'yin mashg'uloti orqali o'tkaziladi. (Bunda har bir guruhdan bir o'quvchi raqam tanlaydi va topshiriqni doskada bajaradi. Ular topshiriqni bajargunga qadar qolgan o'quvchilar bilan Topgan topaloq va Ma'naviyat sabog'i daqiqalari o'tkaziladi.) 1-topshiriq Quyidagi topishmoqning javobini toping va unda qatnashgan sonlar yordamida gap tuzing. Ikki mahbubni ko'rdim bir-birisin ko'rmagan, Ikkisining o'rtasida ,do'stla,r qil sig'magan. 2-topshiriq 7, 42 sonlarini so'zda ifodalab, ular yordamida 2 gapdan iborat matematik masala tuzing. 3-topshiriq 1,4,41 sonlarini so'zda ifodalab ,ular bilan bog'liq konstitutsiya moddalaridan birini yozing. 4-topshiriq Baxtli raqam (Qaysi guruh bu topshiriqni tanlasa bitta rag'bat oladi va yana bitta raqam tanlash huquqiga ega bo'ladi. ) 2. Topgan topaloq (Son so'z turkumiga oid topishmoqlar beriladi.) 3. Ma'naviyat sabog'i (Bunda sonlar qatnashgan maqollar davom ettiriladi.) 1. Birni kessang… o'nni ek. 2. Ikki yorti… bir butun. 3. Bir yil tut ekkan qirq yil gavhar teradi. 4. Yuz ming puling bo'lmasa ham, yuzta do'sting bo'lsin. 5. Yerdan ayrilgan yetti yil yig'lar, elidan ayrilgan o'lguncha yig'lar. 6. Bir ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:42:35
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.42 MB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.42 MB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:29 ]
Arxiv ichida: doc