Chebishev teoremasi va uning uzluksiz funksiyalarning eng yaxshi yaqinlashtirish

Chebishev teoremasi va uning uzluksiz funksiyalarning eng yaxshi yaqinlashtirish

O'quvchilarga / Matematika
Chebishev teoremasi va uning uzluksiz funksiyalarning eng yaxshi yaqinlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Chebishev teoremasi va uning uzluksiz funksiyalarning eng yaxshi yaqinlashtirish ko'phadlari alomatini olishda va ularni tuzishda qo'llanilishi Reja: 1. fazoning -o'lchovli Chebishev qism-fazosi tushunchasi; 2. fazoning elementlari uchun -o'lchovli Chebishev qism-fazosidagi eng yaxshi yaqinlashtirish ko'phadining alomati haqidagi Chebishev teoremasi; 3. Xaar teoremasi; 4. Eng yaxshi o'zgarmasni yasash; 5. Eng yaxshi chiziqli funksiyani yasash; 6. Ikki funksiya eng yaxshi yaqinlashtirish ko'phadlari yig'indisi ular yig'indisining eng yaxshi yaqinlashtirish ko'phadi bo'lmasligini tasdiqlovchi misol. Dars maqsadlari: a). Ta'limiy maqsad: funksiyalar nazariyasi kursidan Banax fazosi, uning chekli o'lchovli qism-fazosi tushunchalarini eslatish, eng yaxshi yaqinlashtirish va eng yaxshi yaqinlashtirish elementi, fazoning -o'lchovli Chebishev qism-fazosi tushunchasi, fazoning elementlari uchun -o'lchovli Chebishev qism-fazosidagi eng yaxshi yaqinlashtirish ko'phadining alomati haqidagi Chebishev teoremasi, Xaar teoremasi, eng yaxshi o'zgarmasni yasash, eng yaxshi chiziqli funksiyani yasash, ikki funksiya eng yaxshi yaqinlashtirish ko'phadlari yig'indisi ular yig'indisining eng yaxshi yaqinlashtirish ko'phadi bo'lmasligini tasdiqlovchi misolni o'rgatish. b). Tarbiyaviy maqsad: talabalarni mustaqil fikrlash va faol mustaqil ish faoliyatiga jalb qilish, ularda o'zaro hurmat, hamkorlik fazilatlarini shakllantirish, atrofdagi jarayonlarni idrok etish va ularni talqin qilishga o'rgatish hamda fanga bo'lgan qiziqishni o'stirish. c). Rivojlantiruvchi maqsad: talabalardagi izlanuvchanlik faoliyatini rag'batlantirish, muammoli topshiriqlarga mulohazali javoblar berish ko'nikmalarini hosil qilish hamda ularda natijalarni umumlashtirish, matiqiy va ijodiy qobiliyatni, muloqot madaniyatini rivojlantirish. Mavzu bo'yicha tayanch iboralar: Banax fazosi, eng yaxshi yaqinlashtirish, eng yaxshi yaqinlashtirish elementi, metrik fazo, metrik fazoda kompakt to'plam. fazoning -o'lchovli Chebishev qism-fazosi, fazoning elementlari uchun -o'lchovli Chebishev qism-fazosidagi eng yaxshi yaqinlashtirish ko'phadining alomati haqidagi Chebishev teoremasi, Xaar teoremasi. Darsning jihozlari: sinf doskasi va bo'r, darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar, ma'ruzalar matni, ko'rgazmali stendlar, tarixiy ma'lumotlar, izohli lug'atlar, atamalar, o'tilgan dars mavzusi bo'yicha savollar va muammoli topshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar, shaxsiy kompyuter, lazerli proyektor. Dars o'tish usuli: avval o'tilgan dars mavzusi qay darajada o'zlashtirilganligini aniqlash maqsadida soda munozarali topshiriqlar, o'z-o'zini tekshirish savollariga javoblar olish uchun munozarali, jonli muloqotni amalgam oshirish, talabalarni yangi mavzu bo'yicha asosiy tushuncha va natijalar haqida fikr-mulohazalarni bayon qilishga o'rgatish, jonli muloqot, kichik guruhlarga bo'lish va aqliy hujum usullaridan foydalanib, o'zlashtirishga erishish, asosiy iboralarga alohida izoh berish, o'tilgan mavzudan tug'ilgan savollarga javob berish orqali uni mustahkamlash. Mashg'ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi: tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining sanitariya holatini kuzatish, davomat va talabalarning darsga tayyorligini tekshirish. O'tilgan mavzuni mustahkamlash (10 minut): Talabalarning chiziqli fa'zolar, qism-fa'zolar, chekli o'lchovli fa'zolar, normalashtirilgan fa'zolar, to'la fa'zolar , metrik fa'zolar, metrik kompakt, ning Banax fazosi bo'lishi yuzasidan olgan bilimlarini o'z-o'zini tekshirish savollariga javoblar orqali aniqlash. Yetishmagan bilimlarni to'ldirish. Yangi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.98 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.98 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga