Ehtimollar nazariyasining predmeti va uning iqtisodiy, texnik masalalar uchun ahamiyati

Ehtimollar nazariyasining predmeti va uning iqtisodiy, texnik masalalar uchun ahamiyati

O'quvchilarga / Matematika
Ehtimollar nazariyasining predmeti va uning iqtisodiy, texnik masalalar uchun ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Ehtimollar nazariyasining predmeti va uning iqtisodiy, texnik masalalar uchun ahamiyati. Reja: Ehtimollar nazariyasi predmeti. Ehtimollar nazariyasi rivojlanishining qisqacha tarixi. Ehtimollar nazariyasining iqtisodiy, texnik masalalar uchun ahamiyati. Elementar hodisalar va hodisalar. Ehtimollik va uning ta'rifi. Nisbiy chastota. Uzoq davrlar mobaynida insoniyat o'z faoliyati uchun faqat determinirlangan deb atalmish qonuniyatlarni o'rganar va ular-dan foydalanar edi. Biroq tasodifiy hodisalar bizning hayoti-mizga xohish-irodamizdan qatiy nazar kirib kelgani va bizni doimo o'rab turgani uchun hamda, ustiga-ustak, tabiatning deyarli barcha hodisalari tasodifiy xususiyatli bo'lgani uchun ularni tadqiq qilishni o'rganish va shu maqsadda tadqiqot usullarini ishlab chiqish zarurdir. Tabiat va jamiyat qonunlari sababiy bog'lanishlarning na-moyon bo'lish shakli bo'yicha ikkita sinfga bo'linadi: determinir-langan (oldindan aniq) va statistik. Masalan, osmon mexanikasi qonunlariga asosan Quyosh sis-temasidagi sayyoralarning hozir malum bo'lgan vaziyati bo'yicha ularning ixtiyoriy paytdagi vaziyati amalda bir qiymatli ol-dindan aytib berilishi mumkin, shu jumladan, Quyosh va Oy tuti-lishlari juda aniq bashorat qilinishi mumkin. Bu determinir-langan qonunlarga misol. Shu bilan birga hamma hodisalarni ham aniq bashorat qi-lib bo'lmaydi. Masalan, iqlimning uzoq muddat davomida o'zga-rishlari, ob-havoning qisqa muddatli o'zgarishlari muvaffaqi-yatli bashorat qilishning obyektlari bo'la olmaydi, yani ko'pgina qonunlar va qonuniyatlar determinirlangan doiraga ancha kam da-rajada bo'ysunadi. Bunday turdagi qonunlar statistik qonunlar deb ataladi. Bunday qonunlarga asosan, biror-bir tizimning ke-lajakdagi holati bir qiymatli emas, balki faqat malum bir ehtimollik bilan aniqlanadi. Ehtimollar nazariyasi boshqa matematik fanlar kabi amali-yot ehtiyojlaridan paydo bo'ldi va rivojlandi. U ommaviy taso-difiy hodisalarga xos qonuniyatlarni o'rganish bilan shug'ulla-nadi. Ehtimollar nazariyasi shart-sharoitlarning aniq bir maj-muasini amalga oshirganda ko'p marotalab qaytarilishga qodir bo'lgan ommaviy tasodifiy hodisalarning xossalarini o'rgana-di. Tabiatidan qatiy nazar, ixtiyoriy tasodifiy hodisaning asosiy xususiyati - uni amalga oshishining o'lchovi yoki ehtimol-ligi. Biz kuzatadigan hodisalarni uchta turga bo'lish mumkin: mu-qarrar, mumkin bo'lmagan va tasodifiy. Muqarrar hodisa deb albatta ro'y beradigan hodisaga ayti-ladi. Mumkin bo'lmagan hodisa deb mutlaqo ro'y bermaydigan ho-disaga aytiladi. Tasodifiy hodisa deb ro'y berishi ham, ro'y ber-masligi ham mumkin bo'lgan hodisaga aytiladi. Ehtimollar nazariyasi yakka hodisa ro'y berish yoki bermas-ligini oldindan aytib berish vazifasini o'z oldiga qo'ymaydi, chunki tasodifiy hodisaga hamma shart-sharoitlarning ta'siri-ni hisobga olish mumkin emas. Boshqa tomondan qaraganda, kon-kret tabiatidan qatiy nazar, etarlicha ko'p sondagi bir jinsli tasodifiy hodisalar tayin qonuniyatlarga, aniqrog'i ehtimoliy qonuniyatlarga bo'ysunadi. Shunday qilib, ehtimollar nazariyasining predmeti omma-viy bir jinsli tasodifiy hodisalarning ehtimoliy qonuniyat-larini o'rganishdir. XVII asrning boshlaridayoq ommaviy tasodifiy hodisalarga xos bo'lgan bazi-bir masalalarni tegishli matematik uslublar-dan foydalangan holda yechishga urinishgan. B. Paskal, P. Ferma va X. Gyuygens XVII asrning o'rtalarida turli qimor o'yinlari-ning kechishi va natijalarini o'rgana borib, klassik ehtimollar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.88 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.88 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga