Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tafakkurini rivojlatirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish

Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tafakkurini rivojlatirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish

O'quvchilarga / Matematika
Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tafakkurini rivojlatirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tafakkurini rivojlatirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish Reja: 1. Maktabgacha ta'lim muassasalarda zamonaviy kompyuterli ta'limiy o'yinlar texnologiyasi. 2.Maktabgacha ta'lim muassasalarda kompyuterli ta'limiy va rivojlantiruvchi o'yinlar o'tkazish uslubiyoti. Maktabgacha ta'lim muassasalarda zamonaviy kompyuterli ta'limiy o'yinlar texnologiyasi Ixtiyoriy ta'lim muassasida o'qitish jarayonini boshqarish, umuman pedagogik jarayonga va tinglovchilarning bilimlarini tashkil etishga ta'sir jarayoni hisoblanadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, pedagogik tizimlarda optimal boshqarishni ta'minlaydigan modellar ishlab chiqilmoqda. Bunday modellar qatoriga maxsus o'qitish texnologiyalarining uslub (uslubiyot)larini kiritish mumkin. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyaning quyidagi ta'rifini beradi: pedagogik texnologiya - bu avvaldan loyihalashtirilgan o'quv-tarbiya jarayonini amaliyotga tizimli singdirishdir. Pedagogik texnologiyalarning boshqa uslublardan farqi, ularning tarbiyalanuvchilarda o'rganilayotgan materialga nisbatan qiziqish orttirish va motivatsiyalarining ko'tarilishi hisobiga samaraliroq ta'lim berishni ta'minlashidan iborat. Axborot texnologiyalarini katta tezlikda rivojlanishi bilan ta'lim tizimiga masofali o'qitish - Internet tarmog'i orqali o'qitish texnologiyalari kirib kelmoqda. Bu esa, o'z navbatida zamonaviy psixologo-pedagogik uslubiyotlarni qo'llash imkoniyatini keng ochmoqda. Hozirgi paytda ta'lim tizimida, shu jumladan, MTMlarining ta'limtarbiya jarayonida ta'limga oid o'yinlar va masofali ta'lim texnologiyalarini foydalanish alohida o'rin tutaltganligi uchun ushbu masalalarni kengroq o'rganib chiqishni maqsad qilib olindi. A. Ta'limiy o'yinlar: ularning vazifalari, xususiyatlari va asosiy turlari. Ta'limga oid o'yinlar ta'lim berishning zamonaviy psixologopedagogik texnologiyalarida muhim o'rin egallaydi. Usul sifatida ular XX asrning 70-yillarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda qo'llanilish sohasiga mos ravishda ta'limiy o'yinlarning har xil turlari mavjud. Masalan, zobitlarni tayyorlashda harbiy o'yinlar, aktyorlar uchun syujet-rolli o'yinlar, tijoratchilar va rahbarlar uchun - maxsus treninglar mavjud. Ta'limga oid o'yinlar asosiy uch vazifani bajaradilar: vositali: aniq bir ko'nikma va malakalarni shakllantirish; gnostik: o'quvchilarning bilimlarini shakllantirish va fikrlashlarini rivojlantiish; ijtimoiy-psixologik: kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirish. Har bir vazifaga o'yinning aniq bir turi mos keladi: instrumental vazifa o'yin mashqlarida, gnostik - didaktik, ijtimoiy-psixologik esa - rollik o'yinlarda ifodalanishi mumkin. Ta'limiy o'yinlarini samaradorligini oshirish uchun uning texnologiyasi: o'yinni ta'lim maqsadlariga mos bo'lishi; immitatsion-rolli o'yinni amaliy pedagogik (psixologik) vaziyatga ta'sir etishi; o'yin qatnashchilarining o'yin mazmuniga mos keladigan maxsus psixologik tayyorgarligi; o'yinda ijodiy elementlaridan foydalanish imkoniyatlari; tarbiyachi (psixolog) nafaqat rahbar sifatida, balki o'yin jarayonida to'g'rilovchi va maslahatchi sifatida ham ishtirok etish kabi talablarga tayyor bo'lishi kerak. Ixtiyoriy ta'lim berish o'yini bir necha bosqichdan iborat bo'lishi mumkin: o'yin muhitini yaratish - bu bosqichda o'yinning mazmuni va asosiy vazifasi aniqlanadi, uning qatnashchilarini psixologik tayyorgarligi amalga oshiriladi; o'yin jarayonini tashkil etish - bu bosqichda qatnashchilarga o'yin qoida va shartlari tushuntiriladi va ular orasida rollarni taqsimlash amalga oshiriladi. o'yinni o'tkazish - bunda qo'yilgan maqsad hal qilinadi; Yakun yasash - bu bosqichda qatnashchilarning o'zlari ham, maxsus ekspertlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 208.6 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 208.6 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga