Matematik tasavvurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasining nazariy asoslari

Matematik tasavvurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasining nazariy asoslari

O'quvchilarga / Matematika
Matematik tasavvurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasining nazariy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Matematik tasavvurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasining nazariy asoslari (1-amaliy mashg'ulot) Muhammad ibn Muso Xorazmiy Muhammad ibn Muso Xorazmiy 783 yilda Xorazmda, Xivada tug'ilgan. Algebra, algoritm so'zlari matematik, astronom va geograf, «Hozirgi zamon algebrasining otasi «al - Xorazmiy nomi bilan bog'liqdir. Uning «Al - jabr val-muqabala» risolasi keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo'ldi. Ayni shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomidan XII asr boshlarida «algoritm» termini paydo bo'ldi. Xorazmiyning matematikaga oid shoh asarlari Fapb va Sharq xalqlari tillariga tarjima qilinib, ko'p asrlardan buyon qo'llanma sifatida xizmat qiladi. Xorazmiyning «Hind hisobi va sonlari haqida», Al-Jabr, «Arifmetika», «Marmar soat haqida», «Yer surati», Tarix kitobi, «Yahudiy eralari va bayramlari» haqida asarlari, ayniqsa malum va mashhurdir. Uning «Ziji» nomli asari dastlabki astronomik asar sifatida Sharqdagina emas, g'arbda hamshu fan rivoji uchun katta xizmat ko'rs atgan. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning ibratli hayoti, ijodi, yaratgan asarlari, qoldirgan merosi bebaho boylik bo'lib, hozirgacha ham qimmati va ahamiyatini yuqotmagan. Muhammad Tarag'ay Ulug'bek (1394 - 1449) Taxminan 1425-1428 yillari u Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida o'zining rasadxonasini qurdirdi. Rasadxonaning binosi 3 qavatli bo'lib, uning asosiy quroli seketantning balandligi 50 metrcha edi. Ulug'bekning ilm - fanga qiziqishida, birinchidan bobosi - Temur bilan o'zga yurtlarga qilgan safarlari, bobosi saroyidagi shoirlar va olimlar bilan o'tkaziladigan suhbatlar, otasi - Shohruxning noyob kitoblarini sevishi va yig'ishi, yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Menelaylarning, shuningdek, o'z vatandoshlari - Xorazmiy, Beruniy Ibn Sinolarning asarlari bilan yaqindan tanish bo'lish, o'sha zamonda O'rta Osiyoda matematika, astronomiya va boshqa fanlardan yetuk asarlar mavjudligi sabab bo'lgan. Bu shart - sharoitlarning hammasi Ulug'bek ilmiy yo'nalishining shakllanishiga, Samarqandda «Astronomiya maktabi» ning vujudga kelishga sabab bo'ldi. Ulug'bekning sinus va kosinuslar jadvallari bir minut oraliq bilan tuzilgan. Zijda Ulug'bek bir gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola yozganligi qayd qilindi. Ammo uning bu asari hozircha topilmagan. Zijning amaliy astronomiyaga taalluqli qismida ekliptika ekvatorga og'ishi, osmon yoritgichlarining koordinatlarini aniqlash, yerdagi ixtiyoriy punktning geografik uzunligi va kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar bor. Ulug'bek oy va quyosh tutilishlarini ikki usulda: O'zi tuzgan jadvallar yordamida. Bevosita hisoblab aniqlash mumkinligini aytadi va usullarga doir misollar keltiradi. Ulug'bekning yulduzlar ro'yxati 1018 yulduzdan iborat bo'lib, u yulduz turkumlari bo'yicha joylashtirilgan. Ro'yxatda har bir yulduzning turkumdagi nomeridan tashqari, uning yulduz turkumidagi o'rnining qisqacha tavsifi, 1437 yildagi teng kunlik nuqtasiga nisbatan uzunligi va kengligi berilgan. Buyuk olimning «Risolaiy Ulug'bek» nomli astronomik va «tarixi arbaulus» nomli tarixiy asari ham o'rganilmagan. Bu asarlar, umuman fan tarixida ham malum va noyobdir. Ulug'bek jasadi Samarqandda dafn etilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 206.74 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 206.74 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga