Matematika darslarida bilishning turlari va xulosa chiqarish metodlari REJA: Matematik tushunchalarni ta'riflash metodikasi. Matematik tushunchalarni kiritishning abstrat-deduktiv metodi. Matematik tushunchalarni kiritish metodikasi Biz ta'lim deyilganda o'qituvchi bilan o'quvchijar orasidagi ongli va maqsadga tomon yo'naltirilgan bilishga doir faoliyatni tushunamiz. Har qanday ta'lim o'z oldiga ikkita maqsadni qp'yadi. 1) O'quvchilarga dastur asosida o'rganilishi lozim bo'lgan zarur bilimlar sistemasini berish. 2) Matematik bilimlarni berish orqali o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish. Ta'lim jarayonidagi ana shu ikki maqsad amalga oshishi uchun o'qituvchi har bir o'rgatilayotgan tushunchani psixologik, pedagogik va didaktik qonuniyatlar asosida tushuntirishi kerak. Buning natijasida o'quvchilar ongida bilish deb ataluvchi psixologik jarayon hosil bo'ladi. Bizga falsafa kursidan ma'lumki, bilish jarayoni «jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga demakdir». Bun-dan ko'rinadiki bilish jarayoni tafakkur qilishga bogiiq ekan. «Ta-fakkur - inson ongida obyektiv olamning aktiv aks etishi :demakdir» (Yu.M.Kolyagin. «Matematika o'qitish metodikasi, M., 1980 y, 57-bet). Psixologik nuqtai nazardan qaraganda bilish jarayoni ikki xil bo'ladi: 1) Hissiy bilish (sezgi, idrok va tasawur). Insonning hissiy bilishi uning sezgi va tasavvurlarida o'z ifodasini topadi. Inson sezgi a'zolari vositasida real dunyo bilan o'zaro aloqada bo'ladi. Bilish jarayonida sezgilar bilan birga idrok ham ishtirok etadi. Sezgilar natijasida obyektiv olaraning subyektiv obrazi hosil bo'ladi, ana shu subyektiv obrazning inson ongida butunicha aks etishi idrok deb ataladi. Tashqi olamdagi narsa va hodisalar inspn miya po'stlog'ida sezish va idrok qilish orqali ma'lum bir iz qoldiradi. Oradan ma'lum bir vaqt o'tgach, ana shu izlar jadallashishi va biror narsa yoki hodisaning subyektiv obrazi sifatida qayta tiklanishi mumkin. Ana shu obyektiv olamning subyektiv obrazining ma'lum vaqt o'tgandan keyin qayta tiklanish jarayohi tasawur deb ataladi. 2) Mantiqiy bilish (tushuncha, hukm va xulosa). Har qanday mantiqiy bilish hissiy bilish orqali amalga oshadi, shuning uchun ham hap bir o'i^anilayo^an matematik obyektdagi narsalar seziladi, abstrakt Huqtai nazardan idrok va tasawur qiliriadi, so'ngra ana shu o'rganilayotgan obyektdagi narsa to'g'risida ma'lum bir matematik tushuncha hosil bo'ladi. T a ' r i f. Matematik obyektdagi narsalqrning asosiy xossalarini aks ettiruvchi tafakkur formasiga matematik tushuncha deyiladi. Har bir matematik tushuncha o'zining ikki tomoni, ya'ni mazmuni va hajmi bilan xarakterlanadi. T a ' r i f. Tvshunchaning mazmuni deb, ana shu tushunchani ifodalovchi asosiy, xossalar to' plamiga aytiladi. Masalan, to'g'ri to'rtburchak tushunchasini olaylik. To'g'ri to'rtburchak tushunchasining mazmuni quyidagi asosiy xossalar to'plamidan iboratdir: 1) To'g'ri to'rtburchak diagonali uni ikkita uchburchakka ajratadi. 2) Ichki qarama-qarshi burchaklarining yig'indisi 180° ga teng. 3) Diagonallari bir nuqtada kesishadi va shu nuqtada teng ikkiga bo'linadi. T a ' r i f. ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:42:35
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
216.16 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
216.16 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:42 ]
Arxiv ichida: doc