Noldan eng kichik chetlanuvchi ko'phadlar chebishev ko'phadlari va ularning yaqinlashtirish tezligini ko'tarishda qo'llanilishi Reja: 1. Noldan eng kichik chetlanuvchi algebraik ko'phadlar; 2. Chebishevning 1-jins ko'phadlari va ularning xossalari; 3. Noldan eng kichik chetlanuvchi algebraik ko'phad haqidagi teorema va uning natijasi; 4. Chebishev ko'phadlarining yaqinlashtirish sur'atini ko'tarishda qo'llanilishi. Dars maqsadlari: . Ta'limiy maqsad: eng yaxshi yaqinlashtirish elementining mavjudligi va yagonaligi haqidagi teoremalarni qo'llash orqali noldan eng kichik chetlanuvchi algebraik ko'phadlar alomatini keltirib chiqarish, Chebishevning 1-jins ko'phadlarini kiritish va ularning xossalarini o'rgatish. Bu ko'phadlarning funksiyalarni yaqinlashtirish sur'atini ko'tarishda qo'llanilishini misol orqali tushuntirish. b). Tarbiyaviy maqsad: talabalarni mustaqil fikrlash va faol mustaqil ish faoliyatiga jalb qilish, ularda o'zaro hurmat, hamkorlik fazilatlarini shakllantirish, atrofdagi jarayonlarni idrok etish va ularni talqin qilishga o'rgatish hamda fanga bo'lgan qiziqishni o'stirish. c). Rivojlantiruvchi maqsad: talabalardagi izlanuvchanlik faoliyatini rag'batlantirish, muammoli topshiriqlarga mulohazali javoblar berish ko'nikmalarini hosil qilish hamda ularda natijalarni umumlashtirish, matiqiy va ijodiy qobiliyatni, muloqot madaniyatini rivojlantirish. Mavzu bo'yicha tayanch iboralar: eng yaxshi yaqinlashtirish, eng yaxshi yaqinlashtirish elementi, noldan eng kichik chetlanuvchi algebraik ko'phadlar, Chebishevning 1-jins ko'phadlari, Chebishevning 1-jins ko'phadlarining yaqinlashtirish sur'atini ko'tarishda qo'llanilishi. Darsning jihozlari: sinf doskasi va bo'r, darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar, ma'ruzalar matni, ko'rgazmali stendlar, tarixiy ma'lumotlar, izohli lug'atlar, atamalar, o'tilgan dars mavzusi bo'yicha savollar va muammoli topshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar, shaxsiy kompyuter, lazerli proyektor. Dars o'tish usuli: avval o'tilgan dars mavzusi qay darajada o'zlashtirilganligini aniqlash maqsadida sodda munozarali topshiriqlar, o'z-o'zini tekshirish savollariga javoblar olish uchun munozarali, jonli muloqotni amalga oshirish, talabalarni yangi mavzu bo'yicha asosiy tushuncha va natijalar haqida fikr-mulohazalarni bayon qilishga o'rgatish, jonli muloqot, kichik guruhlarga bo'lish va aqliy hujum usullaridan foydalanib, o'zlashtirishga erishish, asosiy iboralarga alohida izoh berish, o'tilgan mavzudan tug'ilgan savollarga javob berish orqali uni mustahkamlash. Mashg'ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi: tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining sanitariya holatini kuzatish, davomat va talabalarning darsga tayyorligini tekshirish. O'tilgan mavzuni mustahkamlash (10 minut): Talabalarning chiziqli fa'zolar, qism-fa'zolar, chekli o'lchovli fa'zolar, ning Banax fazosi bo'lishi, noldan eng kichik chetlanuvchi ko'phadlar va ularning alomati, Chebishevning 1-jins ko'phadlarini va ularning xossalari yuzasidan olgan bilimlarini o'z-o'zini tekshirish savollariga javoblar orqali aniqlash. Yetishmagan bilimlarni to'ldirish. Yangi mavzu bayoni (50 minut) 6.1. Noldan eng kichik chetlanuvchi algebraik ko'phadlar. Misol 6.1. (noldan eng kichik chetlanuvchi ko'phadlar). Faraz qilaylik, barcha darajasi dan oshmaydigan ko'phadlar ichida funksiyani oraliqda tekis metrikada eng yaxshi yaqinlashtiradiganini topish talab qilinsin.Agar izlanayotgan eng yaxshi yaqinlashtirish ko'phadi bo'lsa, u holda, ravshanki, ko'phad quyidagi masalani yechadi: barcha bosh koeffitsiyenti 1 bo'lgan darajasi dan iborat ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:42:35
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.89 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.89 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:51 ]
Arxiv ichida: doc