Olti yoshli bolalar bilan matematikaga oid ishlarning mazmuni va metodikasi R E J A: 1. Maktabgacha tarbiya va boshlang'ich ta'lim kontseptsiyasi nuqtai nazaridan olti yoshli bolalaр oilada va bolalar bog'chasida maktab ta'limiga tayyorlashga qo'yiladigan zamonaviy talablar. 2. Arifmetik masalalar. 3. Bolalarning arifmetik masalalarni tushinishining o'ziga xos xususiyati. 4. Masalalar ustida ishlashda metodik usullar va izchillik. 5. +, -, = belgilari bilan tanishtirish. 6. Soat bo'yicha vaqtni aniqlash. Tayanch so'zlar: Drammalashtirilgai masalalar - bu bolalarning kuzatgan, ko'pincha o'zlari bevosita bajargan harakatlari aks ettiriladi. Illyustratsiyali masalalar - bunda rangli rasmlar va o'yinchoqlardan foydalaniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablarini hayotga joriy etish keng ko'lamli ish bo'lib, u bosqchma-bosqich amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan ko'rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Xalq ta'limi vazirligi hamda joylardagi ta'lim - tarbiyaga tegishli bo'lgan tashkilotlar va muassasalar talablarni hayotga joriy etish yuzasidan o'z faoliyatini maqsadli yo'nalishda olib boradilar. Bolalarning bilim, ko'nikma va malakalari har o'quv yilining 9-kunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg'ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6 - 7 yoshdagi bolalarning maktabga tayyorlik darajasi ushbu davlat talablari, ko'rsatkichlari asosida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va pedagogik-psixologik tashxis markazi mutaxassislari tomonidan tekshiriladi. Davlat talablari ko'rsatkichlariga erishish Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi asosida bolalarning ilk va 6 - 7 yoshga etgunga qadar amalga oshiriladi. Bolalarning билим, ko'nikma va malakalari har o'quv yili yakunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg'ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi ushbу Davlat talablari ko'rsatkichlari asosida tekshiriladi. Olti yoshli bolalarga matematikani o'rgatish metodikasi Bolalar bog'chasining tayyorlov gruppasida bir haftada ikkita, bir yilda 72-74 mashg'ulot o'tkazish rejalashtiriladi. Mashg'ulotlar sentyabrdan may oyining oxirigacha harbiri 25 - 30 minutdan o'tkaziladi. Mashg'ulotlar kompleks rejalashtiriladi, ya'ni 2-3 dastur vazifasi olinadi. Mashg'ulotlarda didaktik o'yinlar, ko'rgazmali materiallardan keng foydalaniladi. Bolalar 30 minut davomida mashg'ulotga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi talablarga rioya qilishlari lozim: 1. Dastur materialini yaxshi o'zlashtirib olish. 2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlashi. 3. Butun mashg'ulot davomida bolalarning qiziqishini ushlab turishga e'tibor berish. 4. Bolalar faoliyatini o'zgartirib turishga e'tibor berish. 5. Mashg'ulot o'rtasida fizkul't minutka yoki harakatli o'yinlar o'tkazishni rejalashtirish. 6. Mashg'ulotda bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish. 7. Bolalarning xilma - xil javoblarini rag'batlantirish. 8. To'g'ri javoblarga bolalarning diqqatini qaratib, butun gruppa bolalari kerakli materialni o'zlashtirshlariga yordam berish. 9. Har bir bolaning mashg'ulotda mustaqil ishlashiga erishish. Dastur materialini mashg'ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va ko'nikmalariga ularning tayyorligiga e'tibor berish lozim. Tarbiyachi o'z nutqiga alohida e'tibor berishi kerak. Maxsus ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:42:35
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.27 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.27 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:00 ]
Arxiv ichida: doc