O'xshashli modellar

O'xshashli modellar

O'quvchilarga / Matematika
O'xshashli modellar - rasmi

Material tavsifi

o'xshashli modellar Reja: o'xshashli hisoblash mashinasi (EHM), uning tuzilmaviy sxemasi va unda echiladigan masalalar EHMning chiziqli matematik operatsiyalarni bajaruvchi qurilmalari EHM ning nochiziqli matematik operatsiyalarini bajaruvchi qurilmalari o'xshashli hisoblash mashinasi (EHM), uning tuzilmaviy sxemasi va unda echiladigan masalalar Hozirgi davrda maxsus, umumiy tipdagi masalalarni yechishga va boshqarishga mo'ljallangan EHM lar mavjud. Amalda chiziqli, nochiziqli oddiy hosilali differensial tenglamalar tizimi va algebraik tenglamalar bilan ifodalanuvchi jarayonlar va tizimlarni tadqiqot qilishda umumiy tipdagi masalalarni yechishga mo'ljallangan EHM lardan foydalaniladi. Yechilayotgan differensial tenglamaning tartibiga qarab EHM lar uchta guruhga ajratiladi: 1-guruhga 10-tartibgacha differensial tenglamalarni yechishga mo'ljallangan EHMlar kichik quvvatli mashinalar deyiladi. Bu guruhga MN-7, MN-7m (6-tartibli), EMU-6 (6-tartibli), LMU-1 (9-tartibli), MN-10 (10-tartibli) va boshqalar. 2-guruhga 16-24-tartibgacha differensial tenglamalarni yechish uchun mo'ljallangan o'rta quvvatli mashinalar kiradi. Bu guruhga seksiyali yoki blokli tamoyillarga asoslangan MPT-9 (16-tartibli), MN-14 (20-tartibli), EMU-10 (24-tartibli), va boshqalar kiradi. 3-guruhga kiruvchi mashinalar katta quvvatli mashinalar deyilib, katta tartibli differensial tenglamalarni yechish uchun mo'ljallangan. Bu mashinalar seksiyali tamoyil asosida qurilgan bo'lib, har bir seksiya-javon bir xil tipdagi funksional bloklardan tuzilgan. Hamma EHM lar bir xil tuzilmaviy sxemaga egadirlar (4.1.1a-rasm) Ular quyidagilardan iborat. Ezgarmas tokni kuchaytiruvchi bloklar (UPT). EHMning asosiy elementi bo'lib kuchaytirish koeffitsiyenti 105-166 bo'lgan o'zgarmas tokni operatsion kuchaytirgich (OUPT) hisoblanadi. Hamma funksional bloklar OUPT asosida shakllanadi. Ыo'shish, ko'paytirish, integrallash, va boshqa operatsiyalar rezistorlar, kondensatorlar kabi elementlar yordamida bajariladi. 2. Ezgarmas va o'zgaruvchi koeffitsiyentlar bloki kuchaytirgichlar bilan birgalikda o'zgarmas va o'zgaruvchi koeffitsiyentlarga ega bo'lgan tenglamalar hadlarini olish imkonini beradi. 3. Nochiziqli echuvchi qurilmalar bloki ikki yoki undan ortiq o'zgaruvchilarni ko'paytirish va bir yoki ikki o'zgaruvchining funksiyasini hosil qilish imkonini beradi. 4.1.1-rasm. EHMning tuzilmaviy sxemasi a), va OUPT b). 4. Terish yoki kommutatsiyalash bloki. Bu blok funksional bloklar orasida o'rnashib, (simlar yordamida) masalani yechishning tuzilmaviy sxemasini tuzish imkonini beradi. 5. EHMni nazorat qilishni boshqarish bloki. 6. Masalaning echilish natijalarini vizualp kuzatish uchun mo'ljallangan indikatsiyalash bloki. Bu blokda registratsiyalash va o'lchash priborlari yig'ilgan. 7. ta'minot bloki mashinani elektr tarmog'iga ulab, EHM ning hamma elementlarini elektr toki bilan ta'minlab turadi. EHM ishga tushgandan so'ng uning echuvchi qurilmalarida tenglamani ifodalovchi elektrik jarayonlar ro'y beradi. EHM da echiladigan masalalar o'zlarining murakkablik tamoyillari bo'yicha hisoblash, nazorat qilish, optimallashtirish va bashorat qilish masalalariga ajratiladi. Tenglama yoki tenglamalar tizimi ko'rsatkichlarning va boshlang'ich shartlarning fiksirlangan qiymatlarida echilsa bunday masala hisoblash masalasi deyiladi. Texnologik jarayon yoki obyektni tadqiq qilish yoki loyihalashdagi alohida masalalar ham hisoblash masalasi qatoriga kiradi. Nazorat masalalari - obyekt haqidagi ma'lumotlarning to'g'riligini, malum bir shartlarda uning harakatlarini tekshirish masalalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 231.71 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 231.71 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga