Qurilish materiallarining tarkibi, trukturasi va xossalarining munosibligi

Qurilish materiallarining tarkibi, trukturasi va xossalarining munosibligi

O'quvchilarga / Matematika
Qurilish materiallarining tarkibi, trukturasi va xossalarining munosibligi - rasmi

Material tavsifi

Qurilish materiallarining tarkibi, trukturasi va xossalarining munosibligi Reja: 1. Konstruksion ashyolar. 2. Maxsus ashyo va konstruksiyalar. 3. Qurilish materiallari fanining rivojlanishiga hissa qushgan olimlar. Kirish. Xalq xo'jaligida, qurilishda Qurilish materiallari va buyumlari keng qo'llaniladi. Chunki har qanday qurilishning asosini Qurilish materiallari va buyumlari tashkil qiladi. Binolar va qurilmalarning iqtisodiy jihatdan afzalligi faqatgina Qurilish materiallarining sifatiga bog'liq bo'lib qolmay, ularni to'g'ri tanlab olish, to'g'ri ishlatilishiga ham bog'liq. Har qanday qurilishni to'g'ri loyihalash, qurish va to'g'ri ishlatish uchun ang avvalo Qurilish materiallarining xossalarini bilish kerak. Bunday bilimlar asosida qurilish uchun ashyo tanlashni talabalar Qurilish materiallari fanini o'rganadilar. Qurilish materiallari fani qurilishda ishlatiladigan ashyolar va buyumlarning asosiy xossalarini, ularning ishlab chiqarish usullarini iqtisodiy jihatdan afzallikla-rini o'rganadigan fandir. Qurilish materiallari fani Matematika, Umumiy kimyo, Fizika, Nazariy mexanikafanlardan olingan bilimlarga asoslangan. Shu bilan birga Qurilish materiallari fani keyingi o'tiladigan Materiallar qarshiligi, Qurilish fizikasi, Temir beton, metall, yog'och, plastmassa konstruksiyalar, sanoat, fuqaro va qishloq xo'jaligi binolari memorchiligi, qurilish iqtisodi kabi bir qator maxsus fan- lar bilan bog'liqdir. Q u r i l i sh m a t e r i a l l a r i, deb, o'zining tarkibi, xossalari, xom ashyoning turla-ri, ishlab chiqarish usullari bilan bir-biridan farq qiladigan qurilishda ishlatiladigan ashyolarga aytiladi. Masalan: qum, giltuproq, shag'altosh, gips, ohak va h.k. Qurilish buyumlari, deb, Qurilish materiallaridan tayorlanadigan alohida buyum-larga aytiladi. Misol uchun: g'isht, temirbeton buyumlar, gipsobeton panellar va h.k. Qurilish xalq xo'jaligignig eng ko'p ashyo talab qiladtgan sohasi bo'lib, yiliga qora metallurgiya sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotning taxminan 20 % ni, tsement ishlab chaqarish sanoatining 60% dan ko'prog'inin, yog'ochni qayta ishlash sanoati mahsulotlarining yarmidan ko'prog'ini talab qiladi. Qurilish materiallari va buyumlariga sarf bo'ladigan xarajatlar qurilish-montaj ishlarining umumiy qiymatining yarmidan ko'prog'ini tashkil qiladi. Shuning uchun, Qurilish materiallari va buyumlarini to'g'ri va ratsional ishlatish xalq xo'jaligida asosiy iqtisodiy zahiralardan biri hisoblanadi. Qurilish materiallari ishlab-chiqarish sanoati yirik tarmoqlardan biri bo'lib, o'z navbatida bir necha tarmoqlardan iborat. Ular bir-biridan xossalari, ishlab chiqarish usullari va uskunalari bilan farq qiladi. Misol uchun: tsement ishlab chiqarish sanoati, metall ishlab chiqarish sanoati, yog'ochni qayta ishlash sanoati va h.k. Qurilish materiallari juda qadim vaqtlardan malum bo'lib, o'ziga xos tarixga ega. Masalan: qadim zamonlardan beri eng ko'p ishlatiladigan ashyolardan biri gil tuproq bo'lib hisoblanadi. Kishilar gil tuproqdan har-xil shaklli buyumlar tayorlab, ularning mustahkamligini oshirish uchun quritish va pishitish usullarini qo'llaganlar. Sopol ashyo-lar qadimdan malum bo'lish bilan birga, chidamliligi bilan ham boshqa ashyolardan farq qiladi. Masalan, bundan 12 ming yil oldin sopol hishtdan qurilgan qadimgi memorchilik yodgorliklari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.04 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.04 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga