Tasodifiy miqdorlarning sonli xususiyatlari Reja: Statistik farazlar va baholash mezonlari haqida tushunchalar Jarayon yoki tizim dispersiyalarini me'yoriy dispersiya bilan solishtirish Ikkita dispersiyalarni solishtirish uchun noko'rsatkich mezon Tasodifiy miqdorlarning sonli xususiyatlari Jarayon yoki tizimlarning ko'rsatkichlarini o'lchashda, tasodifiy miqdorlarning to'la xususiyatlari bo'lib, ularning taqsimot qonunlari (funksiyalari) hisoblanadi. Jadvalda jarayon va tizimlarni modellashtirishda tez-tez uchraydigan differensial va integral taqsimot funksiyalar, ularning o'zgarish sohasi, ko'rsatkichlari, sonli xususiyatlari keltirilgan. 1.1-jadval. Hisoblash ishlarini soddalashtirish maqsadida tasodifiy miqdorlarning asosiy sonli xususiyatlarini hisoblashdan oldin tajriba natijalari ustida bazi bir operatsiyalar bajariladi: Agar tajriba natijalari kasr qiymatlardan iborat bo'lsa, ularni butun holga keltirish uchun biror songa ko'paytiriladi. Agar tajriba natijalari bir-biridan faqat oxirgi bir necha raqamlari bilan farq qilsa, sonlarning oldingi bir xil bo'lgan raqamlari tashlab yuboriladi. Misol: faraz qilaylik, jarayon yoki tizimning biror ko'rsatkichini o'lchash natijasida quyidagi natijalar olinsin: 8,35; 8,09; 8,93; 8,64; 8,37; 8,71; 8,19; 8,24; 8,64; 8,32. Bunda sonlarni 100 ga ko'paytirib 800 ni ayirsak 35; 9; 93; 64; 37; 71; 19; 24; 64; 32 butun sonlarga ega bo'lamiz. Sonli xususiyatlarni hisoblab bo'lgandan keyin bajarilgan operatsiyalarga teskari operatsiyalar bajariladi, yani natijaga 800 qo'shilib, 100 ga bo'linadi. Tasodifiy miqdorlarning asosiy sonli xususiyatlari o'rta qiymat (matematik kutilish), dispersiya va variatsiya koeffitsiyentlaridir. Erta qiymat tasodifiy miqdor taqsimotining markazini aniqlaydi. Erta qiymat o'rta arifmetik ko'rinishida hisoblanadi va MY=Y ko'rinishida belgilanadi. Dispersiya - tasodifiy miqdor qiymatlarining o'rta qiymat atrofida taqsimlanishini xarakterlaydi va 2Y bilan belgilanadi. 2Y=S2Y formuladan hisoblanadi. Bunda Y=- o'rta kvadratik og'ish deyiladi. Tajribalar soni kichik (m ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:42:35
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
168.64 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 May 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
168.64 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:19 ]
Arxiv ichida: docx