Uzatish koeffitsiyentlari va boshlang'ich shartlarni hisoblash Reja: Mashina tenglamalari. Bog'liqmas o'zgaruvchilarni masshtab bo'yicha almashtirish. Masalalarni EHM da yechish va tadqiqot qilishga tayyorlashga oid misollar Masshtablarni tanlash. Uzatish koeffitsiyentlari va boshlang'ich shartlarni hisoblash EHMda kiruvchi, oraliq, chiquvchi o'zgaruvchilar kuchlanish ko'rinishidagi mashina o'zgaruvchilariga almashtiriladi. Agar o'zgaruvchilar birliklari kuchlanish birligi (1V) bilan mos kelsa, mashina yechimlari miqdorlari bilan bir xil bo'ladi. Bunday holatdan tenglamaning o'zgaruvchilari, koeffitsiyentlari, yechimlari o'zgarish sohalari kuchlanishning o'zgarishi sohasidan ortib kyetmaganda foydalanish mumkin. Ko'pchilik EHMlarda kuchlanish 100V oralig'ida o'zgarib, tenglamaning real o'zgaruvchilari va koeffitsiyentlari bilan ishlash imkonini bermaydi. Shuning uchun EHMda dinamik modellarni qurishda masshtab koeffitsiyentlari kiritiladi. Bu koeffitsiyentlar masalani EHMda bekamu-ko'st yechish imkonini beradi. x o'zgaruvchining masshtabi yoki masshtab koefitsienti deb shunday o'zgarmas ko'paytuvchi mx ga aytiladiki, uni x ga ko'paytirganda mashina o'zgaruvchisi v hosil bo'ladi, v=mxx yoki u=myy. (4.55) Masshtab har doim o'lchovga ega bo'ladi. Masalan, x ning miqdori amperda o'lchansa, mashina o'zgaruvchisi Volptda o'lchanib, masshtabning o'lchovi (VA) bo'ladi. Uslubiy nuqtai nazardan, agar real o'zgaruvchi va mashina o'zgaruvchilarining o'lchovlari bir xil bo'lgan taqdirda ham masshtab o'lchovi ko'rsatiladi. Ezgarish sohasi 100 bo'lgan EHM larda hamma o'zgaruvchilar uchun masshtablarni shunday tanlash zarurki, mashina o'zgaruvchilari 100V oralig'idan chiqib ketmasin. Masshtab koeffitsiyentlarini tanlashda mx|x|max100 (4.56) shartdan kelib chiqish lozim bo'ladi. Bunda |x|max - real o'zgaruvchilarning absolyut qiymatlari bo'yicha maksimal qiymatlari. |x|max ning miqdori taqribiy tanlanadi. Agar miqdor noto'g'ri baholansa mashina o'zgaruvchisining miqdori absolyut qiymati bo'yicha 100V dan ortib ketib, modellashtirish jarayoni amalga oshmay qolishi mumkin. Bu holda masshtab koeffitsiyentini kamaytirish zarur. Aksincha, masshtabni o'ta kichik tanlash ham maqsadga muvofiq emasdir. Vaqt masshtabi. EHMning qimmatli xususiyati-qaralayotgan dinamik tizim yoki jarayonlarni sekinlashtirilgan, tezlashtirilgan yoki real holatlarda tadqiqot qilish imkoniyatidir. Vaqt masshtabi kiritilishining mohiyati shundaki, tadqiqotchining xohishiga qarab, jarayon yoki tizimlarni ularning real o'zgaruvchilariga proportsional ravishda tezlashtirish yoki sekinlashtirish mumkin. Mashina vaqti mtt, (4.57) ko'rinishida aniqlanadi, bunda - mashina vaqti; mt-vaqt masshtabi; t - real vaqt. Ko'pchilik jarayon va tizimlar juda sekinlik bilan amalga oshadi. Vaqtni tejash maqsadida bunday jarayon va tizimlar modellarini tezlashtirilgan holda qurish zarurati tug'iladi, bunda mt1 bo'lganda mashina vaqti real vaqtdan katta bo'lib, jarayon mt marta sekinlashadi. t hol EHM tashqi apparaturalar bilan bog'langanda qo'llanilishi mumkin. Bazan vaqt masshtabi uzatish koeffitsiyentlarini tenglashtirish uchun ham kiritiladi. Vaqt masshtabini tanlashda echuvchi qurilmalar texnik xususiyatlari ham hisobga olinadi. Malumki vaqt o'tishi bilan integratorning chiqish kuchlanishi xatoligi o'sib boradi. Bu holat integrallash vaqtini cheklashni talab etadi va ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:42:35
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
118.26 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 May 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
118.26 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:29 ]
Arxiv ichida: docx