Yuklama zichligi, yuklama jadalligining asosiy parametrlari va uni hisoblash Reja: 1. Yuklama jadalligi. 2. Yuklama jadalligining asosiy parametrlari va uni hisoblash. 3. Yuklama zichligini hisoblash. Yuklama jadalligi, umuman olganda sutkaning turli soatlarida turlicha yoki turli kunlarning bir xil soatlarida turlicha bo'ladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, sutka soatlari, hafta kunlari va yilning oylaridagi yuklama jadalligining tasodifli o'zgarishlari bilan bir qatorda davriy, nisbatan regulyar o'zgarishlar ham mavjud ekan. Ularni yuklamalarini pragnoz qilishda inobatga olish zarurdir. Bu o'zgarishlarning ba'zi-bir qonuniyatlarini telefon yuklamasida ko'rib chiqamiz. Yuklama jadalligining regulyar o'zgarishlaridan eng sezilarligi bu sutkaning soatlar bo'yicha o'zgarishidir. Ular shahardagi yashash tartibi va ATS ga ulangan abonentlarning strukturaviy tarkibiga juda katta ravishda bog'liqdir. 1-rasmda strukturaviy abonentlar tarkibiga ega ikki ATS dagi sutka soatlari bo'yicha tok ishlatishning (sarflanishi) egri chiziqlari keltirilgan. 1-rasm. Turli strukturaviy abonentlar tarkibiga ega bo'lgan ikki ATS da tok sarflanishining bog'liqligi. ATS-1 ga xalq xo'jaligi sektori telefon apparatlarining 70% va xususiy uy telefon apparatlarining 30% ulangan, ATS-2 ga esa 30% xalq xo'jaligi sektorining telefon apparatlari , 70% xususiy uy telefon apparatlari ulangan. ATS-1 da ertalabki yuklamalar, ATS-2 da esa kechki yuklamalar ravshan ifodalangan. Abonentlarga sutkaning ixtiyoriy vaqtida xizmat ko'rsatishning qoniqarli sifatda bo'lishi uchun uskuna hajmini yuklama jadalligini qiymati eng katta bo'lgan soatdan kelib chiqib hisoblash zarur. Bu soat yuklamaning eng katta soati deb nomlanadi va qisacha YEKYUS deb belgilanadi. Eng katta yuklama soati - bu 60 min.dagi vaqtning uzluksiz oralig'i bo'lib, bu oraliqda yuklamaning o'rtacha jadalligi eng katta bo'ladi. Telefoniya va telegrafiya bo'yicha xalqaro konsultativ (maslahat) komiteti (TTXKK-MKKTT) tomonidan o'lchashning bir yilda 2 marotaba yuklanishi eng ko'p bo'lgan hollarda ikki ketma-ket haftaning ishchi kunlari o'lchashni tavsiya etadi. Har kuni (masalan soat 9 dan 22 gacha) yuklama chorak soatli davrlarda o'lchanadi. O'lchovlar YEKYUS da yuklama zichligi darajasi yuklama zichligi koeffitsiyenti bilan baholanadi. KEKYUS = UYEKYUS Usut Bu yerda U YEKYUS dagi yuklama kattaligi, Usut - sutka davomidagi yuklama kattaligi. Zichlik koeffitsiyentining kattaligi asosan ATS abonentlarining strukturaviy tarkibiga bog'liq bo'lib 0.09-0.15 oralig'ida yotadi. Uskuna hajmi minimal bo'lishi va yuklama tekis taqsimlangan bo'lishi uchun zichlik koeffitsiyenti minimal bo'lishi kerak. а + b + c + d b + c + d + е Yuklama jadalligining asosiy parametrlari va uni hisoblash. Yuklamaning asosiy parametrlari bo'lib yuklama manbalarining soni -n; vaqt birligida bitta yuklama manbasidan kelayotgan chaqiruvlarning o'rtacha soni -c; bitta chaqiruvga kommutatsion tizim xizmat ko'rsatilayotgandagi band yetishning o'rtacha kattaligi - t. Asosiy parametrlari loyihalash prinsiplarini mahalliy telefon tarmoqqlari uchun loyihalash misolida ko'rib chiqamiz. Yuklama manbalari soni -n Telefon ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:42:35
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
109.75 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 May 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
109.75 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:36 ]
Arxiv ichida: docx