Abu Rayhon Beruniy Beruniy ilmiy masalalarda ham, tarixiy voqea hodisalarga, o'z zamondoshlariga baho berishda ham o'ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Islom Karimov Reja: Abu Rayhon Beruniy hayoti Abu Rayhon Beruniy ijodi Beruniy jahon astronomiya va geografiya fani olimi Ba'zi asarlarining yaratilish tarixi Uning qoldirgan merosi Fanga qo'shgan hissasi Beruniyning yaratgan asboblari Beruniy izidan Abu Rayhon Beruniy hayoti Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta'limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr ibn Ali Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o'tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G'aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» so'zi «tashqari» degan ma'noni anglatadi. Abu Rayhon Beruniy ijodi Ma'lumotlarda yozilishicha uning 152 ta kitobining nomi na'lum. Bizgacha ulardan 27 tasigina yetib kelgan. Uning bir qancha kitobi tabiiyot ilmiga bag'ishlangan. Bu sohaning rivojlanishida Beruniyning tabiiyot va tabiat hodisalarini o'rganish usullari, harakat, tovush, issiqlik, yorug'lik, elektr, magnetizm, atmosferadagi hodisalar, modda tuzilishi haqidagi ijodiy ishlari katta ahamiyatga ega bo'ladi. Yoshligi Beruniy yoshligidan ilm-fanga qiziqqan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Mansur qo'lida ta'lim olgan. Ibn Iroq falakiyot va riyoziyotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag'ishlagan. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zo'r hurmat bilan tilga olgan. Beruniy jahon astronomiya va geografiya fani olimi U amaliy astronomiya masalalari bilan ham juda ko'p shug'ullangan. O'zining aniq va puxta astronamik kuzatishlariga asoslanib, Beruniy osmon ekvatoriga Quyosh ekliptikasi og'ishining kattaligi (23° 34') va ekliptika og'ishi uzunligining asriy o'zgarishlarini belgilashda, Quyosh apogeyasi (avji) uzoqligini aniqlashda qadimgi va o'ziga zamondosh bo'lgan astronomlarga qaraganda ancha aniq natijalarga erishgan. Beruniy 1029 ta yulduzning hoordinatalari va yulduz kattaliklari qayd etilgan jadvalini tuzgan. Fanga qo'shgan hissasi Beruniy dorishunoslik, meteorologiya, fizika kabi fanlarga ham hissa qo'shgan. Masalan, buloq va quduq suvlarining yuqoriga ko'tarilishi va favvora bo'lib otilib chiquvchi buloqlar gidrostatikasini tushuntirishda Beruniy o'z zamonasidan ancha ilgari ketib, bu boradagi uydirmalarni inkor etadi. Beruniyning yaratgan asboblari Buyuk olim fan sohasida tajribalar o'tkazish uchun turli asbob va uskunalar ixtiro etishda ham mahorat ko'rsatadi. Masalan, astronomiya sohasida meridinlar yo'nalishini aniqlash uchun hind doirasini ixtiro etgan. Bir qancha astrolyabiya konstruksiyalarini, diametri 7,5 m bo'lgan va o'sha zamonda eng yirik hisoblangan devoriy kvadrantni yasagan. Beruniy yaratgan globusi Beruniy O'rta Osiyo va umuman Yaqin Sharqda birinchi ilmiy globuslardan birini bunyod etgan. Bu globusda aholi yashaydigan joylar aniq ko'rsatilgan va buning yordamida ularning geografik koordinatlarini aniqlash mumkin bo'lgan. Ba'zi asarlarining yaratilish tarixi ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.55 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.55 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:06 ]
Arxiv ichida: pptx