Al-Beruniy va Abu Nasr Farobiyning algebra faniga oid ishlari REJA: 1.ABU NASR FAROBIYNING HAYOTI. 2.ABU NASR FAROBIYNING ASARLARI. 3.AL-BERUNIYNING HAYOT YO'LI. 4.AL-BERUNIYNING ALGEBRA FANIGA OID ASARLARI. ABU NASR FAROBIY Abu Nasr Muhammad ibn Nuhammad ibn Uzlug' ibn Tarxon Farobiy 873 yilda Aris daryosi Sirdaryoga qo'yiladigan yerda(hozirgi Toshkentdan taxminan 200 km shimoliy-g'arbda) Farob degan joyda tug'ilgan. Farob keyinchalik O'tror degan nom olgan. Farobiy turkiy qabilalardan bo'lgan oilada tug'ilgan va boshlang'ich ma'lumotni turkiy tilda olgan. FAROBIY HAQIDA MA'LUMOT Farobiy yashagan davrda O'rta Osiyoda feodal urushlar avjga chiqqan, ilm va ma'rifat e'tiborsiz qolgan edi. Shu sababli ko'p olimlar Arab halifaligining markaziy shaharlariga masalan Bog'dod shahriga borib o'z bilimlarini oshirishga harakat qilgan edilar. Forobiy shu maqsad bilan Bog'dodga jo'naydi. Bog'dod yirik markaziy shahar bo'lib, unda turli xalq vakillarini uchratish, ilmning juda ko'p sohalariga doir kitoblarini topish mumkin bo'lgan. Farobiy Bog'dodda tashkil etilgan Baytul-Hikmatda halifalikni turli o'lkalaridan jumladan O'rta Osiyodan kelgan yirik olimlar bilan birga hamkorlik qildi, ulardan ko'p ilmlarni o'rgandi. Farobiy ilmlarni o'rganishda diniy e'tiqodlarga rioya qilmaydi, u tip va mantiq ilmini Harron shahriga borib nasroniy tabib Yuxanna ibn Qunnoyidan hikmat va yunon tilini nasroniy Abu Bashar Mattodan o'rgandi. Forobiy matematika va mantiq ilmiga juda ko'p qiziqdi. U turli tillarni o'rganish bilan shug'ullanib arab tilini ham Bog'dodda o'rgandi. Farobiy dariy(fors-tojik) yunon suryoniy kabi ko'p tillarni bilgan. Farobiy o'sha davrlarda matematika fanining bir tarmog'i hisoblangan muzika bilan ko'p shug'ullanadi. Meditsina sohasida ish olib borib, uni yaxshi egallaydi. Farobiy ayniqsa falsafa bilan ko'p shug'ullanadi, bu fanni chuqur o'rganish uchun boshqa fanlardan foydalanadi. x-asr boshlarida feodal urushlar va sinfiy kurash avj olib Bog'dodda notinchlik vujudga keladi.Reaksion ruhoniylarning ta'siri kuchayadi.Bular natijasida Forobiyning yashash sharoiti qiyinlashadi.Farobiy 941 yilda o'sha davrning markaziy shaharlaridan bo'lgan Damashqqa keladi.Bu shaharda Farobiy jismoniy mehnat bilan shug'ullanib kun kechirishga majbur bo'ladi. Manbalarda yozilishicha Farobiy Damashq chekkasida oddiy bog'bon bo'lib ishlagan,u kechalari ilmiy ish bilan shug'ullanib,risolalar yozgan va chiroq sotib olishga puli bo'lmaganidan,qorovul chirog'idan foydalangan.Mana shunday sharoitda Farobiy 942yildaBog'dodda boshlagan eng katta asari ,,Fozil shahar aholilarining fikrlari'' nomli kitobini Damashqda tamomlaydi. Farobiy fazilatli va saxovatli bo'lgan,boylik va mansab bilan qiziqmagan,oz bilan qanoatlanib,imkonyati bo'lganda mehnatkash odamlarga yordam berishga tayyor turgan,erkin tabiatli,kamtar va dilkash,yoqimli suhbatdosh kabi eng oliyjanob insoniy fazilatlarga ega bo'lgan.Farobiy hayoti,tabiat go'zalliklarini,suhbat va muzikani sevuvchi,ruhoniylardan uzoqda,ularning diniy aqidalari bilan hisoblashishni zarur deb bilmagan,ayrim hollarda diniy e'tiqodlarga qarshi fikrlarni olg'a surishdan qo'rqmagan,o'sha zamonning eng progressiv olimi bo'lgan. Farobiy hayoti va shaxsi haqida juda ko'p tarixiy manbalarda har xil hikoyalar va habarlar keltirilganki,bu ma'lumotlar Farobiyning shaxsi va dunyoqarashi ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
152.97 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:07
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
152.97 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:07 ]
Arxiv ichida: ppt