Al - Fraganus Intilganga tole yor MATEMATIKA HAQIDA AL-JABR qanday tug'ilgan? Ko'pchilik vatandoshlarimiz al-Jabrning ijodkori kim ekanini bilsalar-da, u qaerda va qanday tug'ilganini aniq bilmaydilar. Hammamizning faxrimiz bo'lmish bu olamshumul kashfiyotni barchamiz besh qo'lday bilishimiz kerak. Nima uchun deganda, uni bilmay turib, avvalo o'zligimizni bilmaymiz, qolaversa, fazogirlik va komp'yuterlar davrida murakkab matematik boshqarishsiz hech qayerga borolmaymiz. Insoniyatga ta-raqqiyotning ana shu kalitini Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso deb nomlangan va dunyoga al-Xorazmiy bo'lib tanilgan ulug' yurtdoshimiz topib bergan. Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Bill Klintonning rafiqasi, katta jamoat arbobi Hillari Klinton xonim O'zbekistonga do'stona tashrifi chog'ida ko'hna fan va madaniyat markazi bo'lmish diyorimiz haqida maftuniy lutf aytarkan, avvalo matematika tug'ilgan mamlakatga kelganidan behad shod ekanini to'lqinlanib gapirgan edi. Keyinchalik kishilarimiz bilan bo'lgan o'zaro muloqotda al-Jabr qanday paydo bo'lgani bilan qiziqqan edi. Ko'pchilik vatandoshlarimiz al-Jabrning ijodkori kim ekanini bilsalar-da, u qaerda va qanday tug'ilganini aniq bilmaydilar. Hammamizning faxrimiz bo'lmish bu olamshumul kashfiyotni barchamiz besh qo'lday bilishimiz kerak. Nima uchun deganda, uni bilmay turib, avvalo o'zligimizni bilmaymiz, qolaversa, fazogirlik va komp'yuterlar davrida murakkab matematik boshqarishsiz hech qayerga borolmaymiz. Insoniyatga ta-raqqiyotning ana shu kalitini Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso deb nomlangan va dunyoga al-Xorazmiy bo'lib tanilgan ulug' yurtdoshimiz topib bergan. Bu mo''jiza qanday yaralgan? Uning tafsiloti mana bunday: To'qqiz yuzinchi yillarning boshlarida Arab xalifasi - podshosi Xorun ar-Rashid Eron va Xurosonga tayanib ish tutsa-da, u viloyatlarning xalqlaridan shubhalanib yurar va o'zining vaziri Ja'far ibn Yahyoni ularga yon bosuvchi shaxs deb bilardi. Bul vazirdan arab akobirlari ham norozi edilar. Xorun arzimagan bir bahona topib, Ja'farni saroydan qaydadityu, ari uyasini qo'zg'ab yuborganday bo'ldi. Eron va Xurosonda norozilik qo'zg'alonlari ko'tarildi. Ularni bostirish oson ish emasdi. O'ylab-o'ylab bu mushkul vazifani dono va tadbirli farzandi - o'zining eroniy joriyasidan bo'lgan to'ng'ich o'g'li Ma'munni Sharqiy viloyatlarga katta huquqlar bilan hokim qilib yubordi. Marv shahrida qarorgoh qilgan Ma'mun otasidan o'zgacha dono va xalqchil siyosat tutib, xalqni, eng avvalo, uning fuzalolari, olimlari, donolarini o'z atrofiga tortdi, ularga va aholiga katta imtiyozlar berdi. Olimlar orasida yoshgina Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ham bor edi.Al-Xorazmiy Ma'munning e'tiborini tortdi. U yosh olimni matematika va astronomiyaga oid kitoblar yig'ib kelish uchun sharqiy Afg'oniston va Shimoliy Hindistonga yubordi. Al-Xorazmiy hind kitoblarini yig'ish bilan birga hind hisobi - matematikasi borasidagi malakasini oshirib qaytdi va bu sohada o'zidan kichik bo'lgan Ma'munga ustozlik qildi. Ma'mun bilan al-Xorazmiy do'stligi ana shundan boshlandi. Otasi Xorun o'limidan keyin uning o'rniga taxtga o'tirgan o'gay ukasi amin ustiga turkiylardan qo'shin tortib borgan Ma'mun uning askarlarini yengib, o'zini ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
487.93 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
487.93 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:07 ]
Arxiv ichida: pptx