Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari Reja: Chebishev tengsizligi Katta sonlar qonuni Chebishev va Bernulli teoremalari Markaziy limit teorema Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari deb nomlanuvchi qator tasdiq va teoremalarni keltiramiz. Ular yetarlicha katta sondagi tajribalarda t.m.lar orasidagi bog'lanishni ifodalaydi. Limit teoremalar shartli ravishda ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruh teoremalar katta sonlar qonunlari(KSQ) deb nomlanadi. Ular o'rta qiymatning turg'unligini ifodalaydi: yetarlicha katta sondagi tajribalarda t.m.larning o'rta qiymati tasodifiyligini yo'qotadi. Ikkinchi guruh teoremalar markaziy limit teoremalar(MLT) deb nomlanadi. Yetarlicha katta sondagi tajribalarda t.m.lar yig'indisining taqsimoti normal taqsimotga intilishi shartini ifodalaydi. KSQ ni keltirishdan avval yordamchi tengliklarni isbotlaymiz. Chebishev tengsizligi Teorema(Chebishev). Agar X t.m. DX dispersiyaga ega bo'lsa, u holda uchun quyidagi tengsizlik o'rinli: (5.1.1) (5.1.1) tengsizlik Chebishev tengsizligi deyiladi. Isboti. ehtimollik X t.m.ning oraliqqa tushmasligi ehtimolligini bildiradi bu yerda . U holda , chunki integrallash sohasini ko'rinishda yozish mumkin. Bu yerdan ekanligi kelib chiqadi. Agar integrallash sohasi kengaytirilsa, musbat funksiyaning integrali faqat kattalashishini hisobga olsak, . ■ Chebishev tengsizligini quyidagi ko'rinishda ham yozish mumkin: (5.1.2) Chebishev tengsizligi ihtiyoriy t.m.lar uchun o'rinli. Xususan, X t.m. binomial qonun bo'yicha taqsimlangan bo'lsin, . U holda va (5.1.1) dan ; (5.1.3) n ta bog'liqsiz tajribalarda ehtimolligi , dispersiyasi bo'lgan hodisaning chastotasi uchun, . (5.1.4) X t.m.ni oraliqga tushushi ehtimolligini baholashni Markov tengsizligi beradi. Teorema(Markov). Manfiy bo'lmagan, matematik kutilmasi MX chekli bo'lgan X t.m. uchun da (5.1.5) tengsizlik o'rinli. Isboti. Quyidagi munosabatlar o'rinlidir: . ■ (5.1.5) tengsizlikdan (5.1.1) ni osongina keltirib chiqarish mumkin. (5.1.5) tengsizlikni quyidagi ko'rinishda ham yozish mumkin: . (5.1.6) 1.-misol. X diskret t.m.ning taqsimot qonuni berilgan: Chebishev tengsizligidan foydalanib, ehtimollikni baholaymiz. X t.m.ning sonli xarakteristikalarini hisoblaymiz: ; . Chebishev tengsizligiga ko'ra: Katta sonlar qonuni Chebishev va Bernulli teoremalari Ehtimollar nazariyasi va uning tadbiqlarida ko'pincha yetarlicha katta sondagi t.m.lar yig'indisi bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi. Yig'indidagi har bir t.m.ning tajriba natijasida qanday qiymatni qabul qilishini oldindan aytib bo'lmaydi. Shuning uchun katta sondagi t.m.lar yig'indisining taqsimot qonunini hisoblash burmuncha qiyinchilik tug'diradi. Lekin ma'lum shartlar ostida yetarlicha katta sondagi t.m.lar yig'indisi tasodifiylik xarakterini yo'qotib borar ekan. Amaliyotda juda ko'p tasodifiy sabablarning birgalikdagi ta'siri tasodifga deyarli bog'liq bo'lmaydigan natijaga olib keladigan shartlarni bilish juda muhimdir. Bu shartlar Katta sonlar qonuni deb ataluvchi teoremalarda keltiriladi. Bular qatoriga Chebishev va Bernulli teoremalari kiradi. t.m.lar o'zgarmas son A ga ehtimollik bo'yicha yaqinlashadi deyiladi, agar uchun munosabat o'rinli bo'lsa. Ehtimollik bo'yicha yaqinlashish kabi belgilanadi. t.m.lar ketma-ketligi mos ravishda matematik kutilmalarga ega bo'lib, son uchun da munosabat bajarilsa, t.m.lar ketma-ketligi katta sonlar qoniniga bo'ysunadi deyiladi. ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
93.56 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
93.56 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:56 ]
Arxiv ichida: doc