Giroskoplar Giroskop (giro va skop) - aylanish o'qi fazoda o'z yo'nalishini o'zgartira oladigan tez aylanuvchi qattiq jism. Aylanish o'qi fazoda erkin aylana olishi uchun G.ni kardanli osmaga mahkamlab qo'yish kerak (q. Kardanli mexanizm). Osma markaziga nisbatan G. istalgan yo'nalishda burilishi, uning aylanish o'qi doiraviy konussimon sirt yasab harakatlanishi (q. Presessiya) mumkin. Keyingi xususiyati navigatsiya asboblari - girokompas, girovertikal va b.ga asbob qilib olingan. Giroskopning har qanday holda ham fazoda o'z o'qi yo'nalishini o'zgarishsiz saqlay olishi xossasidan samolyot, raketa, dengiz kemalari, torpedolar va b. harakatini avtomatik tarzda saqlash uchun foydalaniladi (mas, avtopilot). Kemalarda matroslarning osma to'rkrovatlari G. xossasiga asoslangan (kema qanchalik chayqalmasin matroslar bemalol uxlab ketishaveradi). Samolyotning kursdan og'ganligini aniqlaydigan asbob yo'nalish Giroskopi, ya'ni giropolukompas deb ataladi. U avtopilotlarda qo'llaniladi. Giroskop (qad. yun. γῦρος - xalqa, qad. yun. σκοπός - kuzataman), deb impuls momenti prinsiplariga asosan mo'ljal olish uchun xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi. Mexanik jihatdan, giroskop o'qi erkin harakatlanuvchi aylanuvchi g'ildirak yoki diskdan iborat. Ushbu mo'ljal o'zgarmas bo'lmasa-da, u katta aylanish tezligi va inersiya momenti tufayli tashqi kuch momenti ta'siridan deyarli o'zgarmaydi. Tashqi kuch momentini yanada kamaytirish uchun giroskop muvozanat xalqasiga o'rnatiladi, natijada unga o'zi joylashgan platforma harakati ta'sir qilmaydi. Boshqacha prinsiplarga asoslangan giroskoplar ham mavjud, masalan, elektron giroskop, lazerli giroskop, optik tolali giroskop, va o'ta sezgir kvant giroskopi Giroskoplar inersiyali navigatsiyada, ayniqsa kompas ishlamaydigan sohalarda qo'llaniladi. Bularga qit'alararo ballistik raketalar, fazoviy kemalar parvozlari, yerosti tunnel kavlash va boshqalar kiradi. Адабиётлар 1. Спектор Я.Г. «Электрические измерения физических величин» М: Энергоатомиздат 1987г 2. «Основы метрологии и электрические измерения», Б. Я. Авдеев, Е.М.Душин -Л.: Энергоатомиздат, 1987 г - 480 с. 3. «Электрические измерения», под.ред. Шмакова Е. Г., М.: Высшая школа, 1972. 4. «Электрические измерения», под.ред. Малиновского, М.: Энергоатомиздат, 1985 г. 5. «Электрические измерения электрических и неэлектрических величин» М.А. Гаврилюк, Е.Л. Полищук, С. С. Обозовский и др. Под.ред. Е.С. Полищука, Киев.: Высшая школа, 1984 г. 6. «Измерения в электронике: справочник», В. А. Кузнецов, В.А. Долгов, В.М. Коневских и др., Под.ред. В. А. Кузнецова М.:- Энергоатомиздат, 1987 г, 512 с. 7. В.М Шляндин «Цифровые измерителpные устройства», М.: Высшая школа, 1981г, 335 с. ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
236.34 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
236.34 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:12 ]
Arxiv ichida: pptx